2. Imtiyoz belgilari
Raqam belgisi
|
Rasm
|
Ism
|
Tushuntirish
|
2.1
|
|
Asosiy yoʻl
|
Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin oʻtish huquqini beradi. Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.
|
2.2
|
|
Asosiy yoʻlning oxiri
|
|
2.3.1
|
|
Ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuv
|
2.3.2 — tutashuv oʻngdan, 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yoʻl belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada oʻrnatiladi.
|
2.3.2
|
|
Ikkinchi darajali yoʻl bilan tutashuv
|
2.3.3
|
|
2.4
|
|
Yoʻl bering!
|
Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
|
2.5
|
|
Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan
|
Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.
|
2.6
|
|
Roʻpara harakatlanishning ustunligi
|
Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
|
2.7
|
|
Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz
|
Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
|