O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining nizom I i bob. Umumiy qoidalar


II BOB. TASHKILOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 22.78 Kb.
bet2/5
Sana20.11.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1789100
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Kamalak” bolalar tashkilotining Nizomi

II BOB. TASHKILOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Tashkilot o‘zining asosiy maqsadidan kelib chiqib quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini yuritadi:
birinchidan, bolalarning har tomonlama huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
ikkinchidan, bolalarni milliy g‘oya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bolalarda ona Vatanni sevish, ardoqlash, o‘z Vatani bilan g‘ururlanish va Vatan taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shish tuyg‘ularini kuchaytirish;
uchinchidan, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni muhofaza qilish va asrab-avaylash ko‘nikmalarini shakllantirish;
to‘rtinchidan, bolalarda insonparvarlik va mehribonlik fazilatlarini tarbiyalash;
beshinchidan, bolalarning iqtidori va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish;
oltinchidan, bolalar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarish kabi qadriyatlarni targ‘ib qilish;
ettinchidan, bolalarni ajdodlarimiz va xalqimiz merosi bilan yaqindan tanishtirish, ular o‘rtasida turizmni rivojlantirishdan iboratdir.
III BOB. TASHKILOTNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:
- bolalar masalalari bilan bog‘liq tashabbus ko‘rsatish, bolalar huquqini himoya qilish, ehtiyoj va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan muassis va u orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan xalqaro va xorijiy bolalar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- belgilangan vazifalarning bajaralishini ta’minlash maqsadida davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining mablag‘larini, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grandlarini jalb etish;
- davlatning mutasaddi organlari tomonidan bolalar masalalari bilan bog‘liq qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish;
- o‘z faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish;
- o‘z ramzini ta’sis etish;
- o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilishlar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari va madaniy tadbirlar o‘tkazish.
3.2. Tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- qonun hujjatlari hamda muassis qarorlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
- Muassis hamda zarur hollarda tegishli vazirlik va idoralarga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish.
- bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida bolalar va jamoatchilik oldida javobgardir;

Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling