O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining nizom I i bob. Umumiy qoidalar


Download 22.78 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1789100
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Kamalak” bolalar tashkilotining Nizomi

IV BOB. TASHKILOTGA A’ZOLIK,
A’ZOLARNING HUQUQ VA BURCHLARI
4.1. Jinsi, irqi, millati, tili, dinga mansubligi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, tashkilotning maqsad-vazifalarini qo‘llab-quvvatlaydigan o‘n yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkilot a’zosi bo‘lishlari mumkin.
4.2. Tashkilot a’zoligiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan qabul qilinadi, tuman (shahar) “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tantanali ravishda amalga oshiriladi.
Tashkilotga a’zo bo‘luvchilar o‘z tengdoshlari oldida tantanali va’da beradilar. Tantanali va’da matni tashkilotning Respublika Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
4.3. Tashkilot a’zoligiga talablar:

  • namunali xulq-atvor;

  • besabab dars qoldirmaslik;

  • jamoat ishlarida faol bo‘lishi lozim.

4.4. Tashkilot a’zolari uchun imtiyozlar muassisning qaroriga ko‘ra berib boriladi.
4.5. Tashkilot a’zolari safidan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- tashkilot a’zosining o‘z xohishiga ko‘ra;
- tashkilotga a’zolik yoshidan o‘tganda;
- tashkilot a’zosi bergan va’dasiga rioya etmagan taqdirda;
- tashkilot a’zosi tomonidan ushbu Nizomga zid bo‘lgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganda;
- tashkilotning faoliyati tugatilganda.
4.6. Tashkilot a’zolari to‘g‘risidagi tahliliy statistik ma’lumotlarni umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlar yuritadi, tuman (shahar) Kengashi muvofiqlashtiradi.
4.7. Tashkilotning barcha a’zolari quyidagi teng huquqlarga egadirlar:
- tashkilot faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar olish, o‘zlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va shaxsiy fikrini bildirish;
- tashkilotning saylanma organlariga nomzod ko‘rsatish, saylash va saylanish;
- Muassis Ustavi va ushbu Nizom doirasida tashkilot faoliyatida ishtirok etish, tashkilotning har qanday rahbar organiga ariza hamda takliflar bilan murojaat etish.
4.8. Tashkilot a’zolarining burchlari quyidagilardan iborat:
- tashkilotning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
- Sardorlar Kengashi bilan doimiy aloqada bo‘lish, uning qarorlarini bajarish.


Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling