O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining nizom I i bob. Umumiy qoidalar


VI BOB. TASHKILOTNING MOLIYAVIY ASOSI VA MULKI


Download 22.78 Kb.
bet5/5
Sana20.11.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1789100
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Kamalak” bolalar tashkilotining Nizomi

VI BOB. TASHKILOTNING MOLIYAVIY ASOSI VA MULKI
6.1. Tashkilotning moliyaviy manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- Muassis va uning tizimlari tomonidan beriladiganmablag‘lar;
- turli loyihalarni amalga oshirish uchun beriladigan maqsadli grandlar (shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar grandlari);
- yuridik va jismoniy shaxslardan (shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan) tushadigan ixtiyoriy homiylik va hayriya mablag‘lari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar tashkilot uchun Muassisning tegishli Kengashlari hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
6.2. Tashkilot muassis tomonidan berilgan bino va boshqa ob’ektlar, shuningdek, transport vositalari, xo‘jalik ashyolari va boshqa ko‘char hamda ko‘chmas mulkka egalik qilishlari mumkin.
VII BOB. TASHKILOTNI NAZORAT QILISH VA HISOBOT
7.1. Tashkilot o‘z faoliyati yuzasidan davlat organlariga va muassisga belgilangan tartibda hisobot beradi.
7.2. Tashkilotning faoliyatini taftish etish muassisning tegishli organi tomonidan amalga oshiriladi.


VIII BOB. TASHKILOT NIZOMIGA O‘ZGARTISH
VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH

8.1. Tashkilot Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar muassis qarori asosida kiritilishi mumkin.
IX BOB. TASHKILOTNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
9.1. Tashkilot muassis qaroriga binoan qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
9.2. Tashkilotning tugatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling