O‘zbekiston yozuvchilar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Omon Matjon. Maqsudam (2021)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirojiddin SAYYID, O‘zbekiston xalq shoiri Mas’ul muharrir G‘ayrat Majid
O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI OMON MATJON MAQSUDAM She’rlar TOSHKENT «ADABIYOT» 2021 www.ziyouz.com kutubxonasi ISBN 978-9943-7106-4-1 Loyiha rahbari Sirojiddin SAYYID, O‘zbekiston xalq shoiri Mas’ul muharrir G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir To‘plab, nashrga tayyorlovchilar: Marhabo QO‘CHQOROVA – filologiya fanlari doktori, Diyor MATJONOV O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjonning she’riyati misralarida aytgani kabi hammaning o‘zi, o‘zligidir. Bu she’riyat qalblarga nur, harorat bag‘ishlaydi. Takror-takror o‘qiging, qo‘shiqlarga aylanib ketgan satrlarni tinglaging kelaveradi. Ushbu moʻjaz to‘plamda shoirning qo‘shiqlarga aylanib ketgan, adabiyot ixlosmandlarining tili-yu dilida yod bo‘lib ketgan she’rlaridan tartib berildi. © Omon Matjon, 2021 © «Adabiyot», 2021 www.ziyouz.com kutubxonasi 3 YURAKKA O‘zi yaratdi-yu seni tabiat, Lekin tinchimadi sen yaralgandan. Bu tor siyna ichra bandisan abad, Tabiatning senga rashki kelgandan. Balli! Asirlikda kechgan umring ham Hikmatlar tikloldi fazodan yuksak. Sig‘dirolmas edi ko‘ksiga olam, Ozod o‘ylaringni bir-bir sanasak. Qanday moʻjizalar ko‘rardi bashar, Beqafas yaralgan bo‘lsayding agar. www.ziyouz.com kutubxonasi Omon MATJON 4 SHE’RIYAT ...O‘z oroling bo‘lsin. “Dhammapada” She’riyat – hammaning o‘zi, o‘zligi! She’riyat o‘zing-ku, qalbdan qalblarga Ezgulikning beqiyos ganjin Ishonch qog‘ozisiz eltib berguvchi! ...Men ham shoshilyapman senga, she’riyat! Unvon, yo‘llanmalar tegmasa hamki, Sen sari ketguvchi ulkan kemadan Faqat yuklarimga joy topsam, mayli. She’riyat! Shu ishonch tinchitmas takror, Sirli kashflar sari sudrar solimni. Senga sodiqligim bayrog‘i shulki, Har gal, har she’rimda, har tepganda qalb – O‘zim o‘z qalbimning bo‘lsam Kolumbi. www.ziyouz.com kutubxonasi MAQSUDAM 5 * * * Belanchakda yotar koinot, Chayqalmasa tinmasmi yig‘i?! Bizni chayqab turgan bu hayot Kimlarningdir so‘nggi qo‘shig‘i. Samovot – bir juldur dasturxon, Somon yo‘li unda qand yuqi, Tunga va’da etar oltin non Yulduzlarning so‘nggi qo‘shig‘i. Osmon ingrab chiqar goh tunda, Qorga to‘lar bog‘lar bo‘shlig‘i. Bahor va’da etadi unga Bo‘ronlarning so‘nggi qo‘shig‘i. Men na kun, na tunman samoda, Bir oshiqman yerda bor-yo‘g‘i. Menga nelar etasan va’da, Ey sevgining so‘nggi qo‘shig‘i?! www.ziyouz.com kutubxonasi Omon MATJON 6 * * * Boshqalardek sevishdik biz ham, Kuyib yurdik boshqalar kabi. Bu savdoni baxt bildik biz ham, Baxtdir, dedik visol, yor labi. Boshqalardek duch kelib qolsak, Olislardek ming bor qayrilib. Mana, biz ham bebaxt, beqarsak Boshqalardek ketdik ayrilib. Ishqning qoldi faqat ozori, Qalam, qog‘oz – meros bir yalov. Qalbimdadir ishqning mozori, Yonib qoldi unda bir olov. Ishqdan faqat shu qoldi menga, Olov yonar, sen-chi, yo‘qsan, yor. Kelolmaysan o‘z maqbarangga, Unga gullar qo‘yar boshqalar. www.ziyouz.com kutubxonasi MAQSUDAM 7 Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling