O‘zbekiston yozuvchilar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Omon Matjon. Maqsudam (2021)
XAFA XO‘ROZ
Qaysi kuni ko‘rib qoldim, Bitta xafa xo‘rozni: Biram shalvirab qoptiki, Tanimadim shovvozni! Qizil toji qorayibdi, Yonboshiga osilib. Bir don topsa, do‘stlarini “Gʻut-g‘ut”lash yo‘q yozilib. Tongdan hatto ko‘ngli sovub, Qichqirmoqni tashlabdi. Ichkilikka, tamakiga, Ruju qo‘ya boshlabdi. – E, – deydi u, – jonga tegdi, Chekkan g‘amlarim. Topshirdim men xo‘rozlikni, Eplayversin “zam”larim. www.ziyouz.com kutubxonasi MAQSUDAM 39 Hali taftish, hali tekshir, Buyruq, nakaz bosadi. Hali rayon, hali oblast, Hali markaz bosadi. “Qoidani buzganmishman”, Qichqirmabman bir tongda! Hov mudirim ovda edi, Iti bilan o‘rmonda! Ferma ilma-teshik qo‘rqib, Poyloqchilik etibman. Tuni bilan uxlay olmay, Tongda mudrab ketibman... Ba’zida deng: “Ovozingning Avji past!” – deb so‘karlar. Avj bo‘larmi, don o‘rniga, Chiqit sarqit to‘karlar. “Tovuqlarning tuxumlari, Mayda emish, tosh bosmas...” Hov, xo‘jayin diyetda-ku, Oshqozoni osh botmas. Makka, suli, marjumakka, Bizdayam bor ishtaha! Yeyishimiz chumchuqdagu Plan – tuyaqushdaqa! www.ziyouz.com kutubxonasi Omon MATJON 40 Goho, “Barvaqt qichqirding” deb, Qiladilar dag‘dag‘a, Jim turaymi shuncha jo‘ja, Bo‘labersa tabaka. Ammo bitta yomon ig‘vo, Hammasidan o‘tibdi: “O‘ynashlari ko‘p...” – deb kimdir, Yumaloq xat bitibdi! Menda ne ayb! Buyam biror Ko‘rolmasning ishi-da: Nima qilay, bitta bo‘lsam, Qirq tovuqning ichida. Bas, hammasi jonga tegdi, Yetar chekkan g‘amlarim. Xo‘rozlikdan ketganim shu, – Eplayversin “zam”larim! Ha, baridan qanot siltdim, O‘zim ketdim atayin: Endi men ham odamlardek, Bir tinchgina yashayin! www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling