O‘zbekiston yozuvchilar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Omon Matjon. Maqsudam (2021)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YONAYOTGAN DARAXT
SIRLARIM
O‘ynashib barmoqlaring Bir-bir ko‘zimni yopsalar, Sevgidan roz aylayin Tong qushlari uchgan mahal. Kuylayin osmon to‘lib, Kuylayin olamga man, – Sen agar mashshoq bo‘lib, Nay agar bo‘lganda man! Ona yurtim husniga Mot bo‘lib, ko‘ngil qo‘yib, Har urug‘ning ko‘ksiga Mavj iyib, g‘ulu iyib. Bo‘lsa kim g‘aflat panoh, Toshqin solardim unga man, – Sen agar bo‘lganda tog‘, Soy agar bo‘lganda man! Tongda quyoshning shu’lasi Shabnamda izlar tuyg‘ular. Tog‘da ohular galasi, Dilda sehrli cholg‘ular... O‘q tiqay qalbin o‘yib, Hissiz kishi ko‘rganda man, – Sen agar sayyod bo‘lib, Yoy agar bo‘lganda man! www.ziyouz.com kutubxonasi Omon MATJON 14 Oyki ming yildan buyoq Yerdan yiroq ketmas, nechun? Bilmagay, bag‘ri quroq – Ul o‘zgaga bog‘liq uchun! Yetmay o‘z baxtimga to, Kirgay edim ming jangga man, Sen agar bo‘lsang samo, Oy agar bo‘lganda man! Eng muqim tinchlik uchun, Eng go‘zal sevgi uchun. Eng asil do‘stlik uchun, Eng nafis sezgi uchun. Har qadah ichra nihon, Yog‘du bo‘lardim lolarang, – Senki soqiy zamon, May agar bo‘lganda man! www.ziyouz.com kutubxonasi MAQSUDAM 15 YONAYOTGAN DARAXT Tunda yashin tushdi bog‘ning chetiga, Zulmat boyo‘g‘lidek chekindi karaxt. Vulqondek portladi qorong‘ulikda, Yonayotgan daraxt! Salobatli yashil saltanat edi, Erkin qushchalarga zangor poytaxt. Uchqunlardek to‘zitdi qushlarini, Yonayotgan daraxt! Nega, nega yondi?! Kechqurun bexos Bulutlar guldirab qilgandilar jahd, – Uyg‘oq edi, o‘zi ilk zarbni oldi Yonayotgan daraxt! Daraxtlar yonmoqda bugun dunyoda, Yonib, o‘zgalarni uyg‘otmoq ne baxt! Do‘stlarimdir barcha yonayotganlar, Yuragimdir – YONAYOTGAN DARAXT! www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling