Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan


Download 55.7 Kb.
bet1/18
Sana30.03.2023
Hajmi55.7 Kb.
#1309785
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
fjjdh


Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan
XX asrning 20-30— yillarida O'zbekistonning ma’naviy-madaniy va ma’rifly hayoti, unga hukmron kommunistik mafkura ta’siri XX asrning 20-30— yillarida madaniy-ma'naviy soha ham o'ziga xos murakkab, qiyinchilik bilan kechdi. 20— yillar boshlariga kelib O'zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari boshlab yuborildi. 1920— yil 17-scntabrda Turkiston ASSR hukumati o'lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan kishilarni o'qitish va savodxon qilish to'g'risida dekret qabul qildi. Bundan ko'zda tutilgan maqsad mahalliy xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta’siriga olish edi. Shulami hisobga olib respublikaning turli hududlarida ko'plab savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etildi. Ularga turli yoshdagi kishilar jalb qilinib, savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1-besh yillik (1928-1932 yy.)da O'zbekistonda jami 700 ming kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2-besh yillik (1933-1937 yy.) davrida 1 mln.400 ming kishini tashkil qildi. Respublikada boshlang'ich ta'lim tizimining joriy etilishi, keyinroq esa 7 yillik ta’limga o'tilishi ham xalq ta’limi sohasida muhim o'zgarishlardan bo'ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o'qituvchi kadrlar bilan ta'minlanishi, o'quvchilar soni yil sayin o'sib bordi. Ma’lumotlarga ko'ra, agar 1924-25-o'quv yilida O'zbekistonda 160 tasovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ulardal 7209 nafar o'quvchi ta’lim olgan bo'lsa, 1941— yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o'quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming nafarga yetgan. Sovet hukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to'liq ravishda o'z izmiga bo'ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o'zbek yozuvini ham isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1928— yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o'tildi. Sovetlarning xalq ta’limi sohasida yuritgan siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri, bu oliy va o'rta maxsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. 1918— yil mayida Toshkentda ilk bor milliy universitet ochiladi.

Download 55.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling