Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan
O‘zbekistonda “madaniy inqilob” va uning oqibatlari
Download 55.7 Kb.
|
fjjdh
O‘zbekistonda “madaniy inqilob” va uning oqibatlari
XX asr 20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma’naviy-madaniy hayotida ham o‘z aksini topdi. Sho‘rolarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim sohalarini ham o‘z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o‘choqlari bo‘lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo‘q qilish avj oldirildi.Davlatning “proletariat diktaturasi”ning mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘rnatgan ta’lim tizimini tag-tomiri bilan yo‘q qilishga erishdi. Bir vaqtning o‘zida an’anaviy maktablarga nisbatan ham ma’muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko‘rildi. Biroq, keng xalq ommasi an’anaviy maktab tarafdori bo‘lib qolaverdi. Turkiston musulmonlariga o‘zining mafkuraviy ta’sirini kengaytirish maqsadida, sovet “milliy” maktablari tarmog‘ini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Mustabid davlat muqobil o‘quv maskanlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. 1927 yil iyundagi O‘z KR MQ VI plenumi qarorlari boshlab bergan, din asoslarini yemirish bo‘yicha yangidan avj olgan harakat eski maktabga yetkazilgan asosiy zarba bo‘ldi. Plenumning “Musulmon ruhoniylari va maktab to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasida: “isloh qilingan maktablar zararli ekanligini hisobga olib, bundan buyon vaqf maktablarini isloh qilishga aslo yo‘l qo‘yilmasin, shu vaqtgacha isloh qilingan maktablarga kelganda esa shu rayonda yangi sovet maktablarini olish, shuningdek isloh qilingan maktablarda diniy fanlarni o‘qitishni hamda umuman ruhoniy shaxslar o‘qitishini ta’qiqlash yo‘li bilan ham ularni yopish uchun butun choralar ko‘rilsin”, - deb ta’kidlangan edi.Ayniqsa, 1927 yilning dekabrida VKP (b)ning XV syezdida qabul qilingan qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish to‘g‘risidagi qarordan keyin bu maxsus ma’rifiy hayriya mulklari bo‘lmish vaqf mulklari tugatilib, buning oqibatida an’anaviy maktablar ham iqtisodiy asosdan mahrum bo‘ldilar. Ushbu choralar kamdek, ularga din-xurofot o‘choqlari tamg‘asi yopishtirilib, 10 asrdan ortiq to‘plangan an’anaviy qadriyatlar keraksiz, zararli, yangi tuzumning taraqqiy etishiga to‘siq bo‘luvchi ijtimoiy institutlar sifatida izsiz tugatib yuborildi. Oxir oqibatda 1920 yilga kelib, TASSRda “sotsialistik” turdagi 2080 maktab faoliyat ko‘rsatib, ulardagi o‘quvchilar soni esa, 174820 ni tashkil qilar edi.An’anaviy maktab va madrasa hamda jadid maktablarini yo‘q qilish bilan birga sovet organlari mahalliy aholi farzandlari maktablariga ham jiddiy e’tibor berishmagan bo‘lsa-da, sovet o‘quv maskanlarini o‘qituvchi kadrlar hamda kerakli mablag‘ bilan ta’minlay olish imkoniyatlarini topa olishgan. Chunonchi, sho‘ro ta’lim tizimiga mos o‘qituvchi kadrlarning miqdoriy o‘sishini ta’minlash keng yo‘lga qo‘yilib, 1917 yilning o‘zidayoq, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qo‘qonda dastlabki o‘qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan edi. 1920-yillarning boshlariga kelib, mana shunday kurslar orqali 3 ming mahalliy millat va 802 ta yevropalik o‘qituvchi tayyorlandi.Mana shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o‘qituvchilar tayyorlash davr talabi ekanligini teran his etib, zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog‘ladilar. Milliy universitet haqida gap borar ekan, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyoning birinchi universiteti hisoblanmish hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti ikki asosga ega bo‘lgan. Biri 1918 yil 12 mayda jadid ziyolilari tomonidan tashkil etilgan Musulmon Xalq Dorilfununi bo‘lib, ikkinchisi 1918 yil 21 aprelda rus ziyolilari ochgan Turkiston Xalq Universitetidir. Download 55.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling