O‘zbekistonda arxeologik va xalqaro arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi
Xalqaro ilmiy shartnomaning asosiy bandlari
Download 0.65 Mb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- Elektron manbalar
Xalqaro ilmiy shartnomaning asosiy bandlari.
- Xalqaro arxeologik ilmiy shartnoma bandlari YUNESKOning xalqaro ilmiy shartnomalar talablariga to‘liq javob berishi shart. Jumladan, arxeologik topilmalarning tadqiqot o‘tkazilayotgan mamlakat hududida qolishi, ilmiy maqolalarning uch tilda (shartnoma tuzayotgan ikki davlat tili va ingliz tili) chop etilishi, ekspeditsiya so‘nggida xalqaro konferensiya (seminar, kollokvium) o‘tkazilishi va ekspeditsiyaning asosiy ilmiy yutuqlarini jahon ommasiga etkazish. - Xalqaro ilmiy shartnoma ikkita muassasa rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va ma’lum muddatga tuziladi. - Xalqaro ilmiy shartnomaning kirish qismi. Bu bandda shartnoma tuzishning maqsadi, ilmiy asosi, ilmiy mavzusi, arxeologik tadqiqot turi, arxeologik yodgorlik haqida ma’lumot, xalqaro arxeologik otryad (ekspeditsiya) boshliqlari, shartnomani to‘xtatish shartlari, shartnoma muddati kabi masalalar ko‘rsatiladi. - SHartnomaning asosiy qismida ikkita ilmiy muassasaning majburiyatlari belgilanadi. – O‘zbekiston ilmiy muassasasi chet ellik mutaxassislarni viza asosida taklif etish, O‘zbekistonga kelganda ularning pasportlarini mehmonxonalarda yoki OViRda qayd ettirish, ekspeditsiya sharoitiga mos keladigan turar joy, avtomashini bilan ta’minlash. - CHet ellik muassasa a’zolarining majburiyatlari O‘zbekiston davlatining ichki tartib qoidalariga bo‘ysinish. - Ikkita xalqaro ilmiy muassasalarning birgalikdagi majburiyatlari. Arxeologik tadqiqot uchun zarur bo‘ladigan anjomlarni olish (nivelir, teodolit, JPS, kompyuter jamlanmasi, fotoapparat, ruletkalar (1m, 2m, 5m, 10m, 50m), kompaslar, millimetrovka qog‘ozlari, arxeologik pichoqlar, teshalar, reykalar, qoziqlar, bel, cho‘t, chyotkalar, yozuv va chizuv jihozlari va boshqalar). Ishchi kuchiga oylik maosh to‘lash. - SHartnoma so‘nggida xalqaro shartnomani bekor qilish yoki uzaytirish to‘g‘risidagi band yoritiladi. SHartnoma muddatidan oldin ham to‘xtatilishi mumkin. Bunda shartnoma tuzuvchilaridan birining istagi kifoya qiladi. Xalqaro arxeologik shartnoma quyidagi holatlarda O‘zR FA yoki O‘zR Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan bekor qilinadi: Ekspeditsiya a’zolari arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha xalqaro normalarni bajarmasa yoki buzsa; O‘zbekistonning ichki qonunlarini bajarmasa; Dala qo‘mitasi tomonidan arxeologik tadqiqot usullari noilmiy deb topilsa; Ilmiy hisobotlarning darajasi past bo‘lsa; Ilmiy hisobotlar o‘z vaqtida topshirilmasi; Ekspeditsiya a’zolari o‘rtasida o‘zaro tushunmovchiliklar va xurmatsizlik sodir etilganda. Asosiy adabiyotlar 1. Andrew Jones. Archaeological theory and scientific practice. Cambridge University Press 2004. 2. Jane Balme. Alistair Paterson. Archaeology in practice. Oxford. 2006. Qo‘shimcha adabiyotlar 3. Egamberdieva N.A. Arxeologiya. ”O‘quv qo‘llanma” T.: 2001. 4. Kabirov J., Sagdullaev. A. O’rta Osiyo arxeologiyasi T.: 1990 Elektron manbalar www.history.ru www.natura.com www.archaelogy.ru www.archaelogy.com Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling