O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi
- Mavzu: Ikki taktlikarbyuratorlidvigatelning tuzulishi, ishlashi
Download 1.2 Mb.
|
Mahamov Mustaqil ish topshiriq 12
5- Mavzu: Ikki taktlikarbyuratorlidvigatelning tuzulishi, ishlashi.
Ikki taktli dvigatel - ish sikli porshenning ikki yurishida, yaʼni tirsakli valning bir marta aylanishida bajariladigan ichki yo’nuv dvigateli. Yonuvchi aralashmaning tayyorlanishiga qarab, karbyuratorli va dizel xillarga boʻlinadi. Karbyuratorli I. t. d.da yonuvchi aralashma kri-voshipli kameraga (undagi siyraklanish hisobiga) soʻrilib, soʻngra silindrga haydaladi, dizel dvigatellarda esa silindrga yonilgʻi maxsus haydash nasoslari yordamida kiritiladi. Silindrlarda ish bajargan gaz klapanlar va alohida tuynuklar orqali chiqarib yuboriladi. Rasmda yonuvchi aralashma krivoshipli kamera orqali haydaladigan karbyuratorli dvigatelning tuzilishi va ishlashi kursatilgan. Porshen pastki chek-ka nuqta (p.ch.n.) dan yukrrigi chekka nuqta (yu.ch.n.) ga harakatlanganda, da-stlab, haydash tuynugini, soʻngra chiqarish tuynugini berkitib, ish aralashmasini qisadi (rasm, a). Bu vaqtda karterda siyraklanish hosil boʻlib, karbyuratordagi yonuvchi aralashma soʻrish tuynugi orqali karterga kiradi. Bunda qisish va soʻrish takti bajariladi. Porshen yu.ch.n.ga yaqinlashganda elektr uchkuni ish aralashmasini yondiradi (rasm, b). Aralashma yonishi natijasida hosil boʻlgan yuqori bosimli gazlar porshenni pastga itaradi. Porshenning harakati shatun (rasm, v) orqali tirsakli valga uzatiladi. Porshen p.ch.n.ga yaqinlashganda chiqarish tuynugi ochilib, silindr ichidagi gazlar atmosferaga chiqib ketadi. Bunda ish yoʻli va chikarish takti bajariladi. Porshen pastga harakat qilib, karter boʻshligʻidagi yonuvchi aralashmani qisadi va haydash tuynugini ochadi. Yonuvchi aralashma haydash tuynugi orqali silindrga kiradi va undagi ish bajargan gazlarni chiqarib, silindr boʻshligʻini toʻldiradi. Nazariy jihatdan I. t. d. toʻrt taktli dviga-telga qaraganda ikki marta koʻp quvvat berishi kerak; biroq baʼzi sabablar (gaz almashinuvining takomillashmagani, porshen ish yoʻlining bir qismi yoʻqolishi va b.)ga koʻra uning quv-vatidan 70% gacha foydalaniladi. I. t. d.lar, asosan, mototsikllar, motorli qayiqlar, avtomobillar, traktorlar va b.da ishlatiladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling