O`zbekistonda badiiy tarjima taraqqiyoti
Download 1.92 Mb.
|
Yusupova xabibaxon
1908—1913 yillar davomida Toshkent, Samarkand va Farg‘onada bironta gazeta yoki jurnal chiqmagan Faqat 1913 yil oktabr oyidagina («Zerkola») — (Oina) nomida jurnal chiqa boshladi. Bu jurnal ikki, ba’zan uch tilda chiqib, xabar, maqolalar ruschadan tarjima qilib bosilardi. Tarjimashunoslik 39 Jurnal sahifalarida 1914 yil Birinchi jahon urushi janglarining borishi haqida ruscha gazetalardan olinib tarjima qilingan xabar va maqolalarni hisobga olmasaq unda arzigulik tarjima materiallari berilmas edi. («Samarkand») gazetasi ham Behbudiyning muxarrirligi va noshirligida 1913 yil mart oyidan e’tiboran chiqa boshladi. Garchand gazeta o‘z oldiga kattagina vazifalarni qo‘ygan bo‘lsa ham, bularning uddasidan chiqa olmadi, «Samarkand» gazetasida ham badiiy tarjima materiallari bosilmagan. 1914 yil, 4 aprelda Toshkentda («Sadoyi Turkiston») gazetasi chiqa boshladi. «Sadoyi Turkiston» gazetasi sahifalarida «Til va din», «Til va imlo masalasi», «Til masalasi» kabi maqolalar bosildi (1915 yil, 60, 63, 64-sonlariga qarang). «Sadoyi Turkiston» o‘zigacha chiqqan gazetalardan poligrafik jihatdan, gazeta texnikasini egallaganligi bilan ajralib turadi. Bu gazeta 1915 yil, aprel oyining oxiriga borib chiqishdan to‘xtagan edi. 1917 yilgacha Turkiston, Buxoro, Xivada o‘zbek tilida bironta gazeta chiqmadi. Faqat 1915 yilda («Al isloh») jurnali chiqa boshladi. Jurnalning muharriri va noshiri Sayyoh Abdurahmoi Sodiq o‘g‘li bo‘lib, 1918 yildan e’tiboran noshir qilib Asqarxon Pahlavonov tayinlanadi. Bu jurnalda badiiy asarlar yo rus tilidan va yoki arab-fors tilidan maxsus tarjima etilmadi, ammo maqolalar ichiga kirgan arab, fors tilidagi she’r yoki ayrim iboralar o’zbek tiliga tarjima etildi, xolos. Masalan, jurnalning 1916 yil, 15-sonida yozilgan bosh maqolada, «Qur’on»dan olib bosilgan oyat tarjima etilgan.
Shular jumlasida chiqqan gazetalardan biri («Najot») bo‘ldi. Bu gazeta «Turkiston vi-loyatining gazeti» o‘rnida nashr qilina boshlagan edi. Bunda Behbudiy va boshqa jurnalistlar faol qatnashdilar. Gazeta Vaqtli hukumatning organi bo‘lib qoldi. Unda Vaqtli hukumatning farmon va murojaatlari tarjima qilinib bosilar edi. 1917 yil may oyida («Sho‘roi islomiya») va iyun oyida uning o‘rniga «Kengash» gazetasi chiqa boshladi. Ahmad Zakki Validiy sakkizinchi songacha gazeta muharriri bo‘lib so‘ngra uning o‘rnini Munavvar qori Abdulrashidxon egalladi. Bu gazetalar mehnatkashlar manfaatiga qarshi ish ko‘rdilar. Usha vaqtlarda «Kengash» gazetasi bilan birga 1917 yil, 20 apreldan boshlab «Turon» nomida ham gazeta nashr qilina boshlagan. Uning birinchi bosh muharriri Nizomiddin qori mulla Husayn o‘g‘li bo‘lib, noshiri «Maktab» jamiyati edi. «Turon» gazetasida ham adabiy-badiiy tarjima asarlari bosilmadi. (Unda ayrim xabarlargina tarjima qilinar edi, xolos). Gazetaning tili turk so‘zlari, turkiy ibora va ifodalar bilan to‘lgan edi. 1917 yil, sentyabrda «Turon» va «Kengash» gazetalari birlashib «Turk eli» nomli yangi gazeta chiqa boshladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling