O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi


Tijorat banklarining tarixiy shakllanishi


Download 23.44 Kb.
bet3/9
Sana19.12.2022
Hajmi23.44 Kb.
#1033275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi vа rivojlanishi

1.3. Tijorat banklarining tarixiy shakllanishi
Bank deb pul mablag’larini yiguvchi, saqlab beruvchi, kredit hisob va boshka xar xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar–pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining paydo bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy – iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo’lishini taqozo qiladi.
Nazariy-huquqiy va ilmiy-o’quv manbalarda tijorat banki deb yuritilishining asosiy sababi bu – bank mijozlarga turli yo’nalishlarda xizmat ko’rsatishi bilan bir qatorda foyda ko’rish maqsadida faoliyat ko’rsatishidir.
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chikkan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bulgan sub’ektlarga ssudalar berishgan. Bu holat asta-sekin pul almashtiruvchi pul egalarining bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so’zi italьyancha «banca» so’zidan olingan bo’lib «stol» degan maьnoni anglatadi. O’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi tangalarni stol ustiga qo’yib hisob-kitob qilganlar. 1.4.O’zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlanishi
Mamlakatimizda bank tizimini islox qilish mustaqillik yillarida amalga oshirildi. Sobiq Ittifoq davrida asosan Davlat banki, Qurilish banki, Tashqi savdo banki faoliyat ko’rsatgan bo’lib, faqat 80-yillarning oxirida ushbu tizimda dastlabki o’zgarishlar qilishga harakat qilindi.
O’zbekistonda tijorat banklari rivojlanishining 3 bosqichi prof. SH.Abdullaevaning “Bank ishi” darsligida batafsil yoritilgan. Bunga ko’ra Uzbekistonda Mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi bosqichi, milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan Uzbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi» Qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga o’tish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishini xuquqiy asoslarini belgilab berdi. Dastlabki tadbir - bu 1991 yil 15 fevraldagi Qonun bilan sobiq Ittifoq davlat bankining Toshkent kontorasini O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirilishi bo’ldi.
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomalaga kiritilgan va ikki pog’onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi. 1994 yilda Milliy valyuta so’mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining sof bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to’lov tizimini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.



Download 23.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling