O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi


Bank tizimini takomillashtirishda davlatning roli


Download 23.44 Kb.
bet4/9
Sana19.12.2022
Hajmi23.44 Kb.
#1033275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi vа rivojlanishi

1.5. Bank tizimini takomillashtirishda davlatning roli
Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining munosib raqobat ko’rsata olishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston xukumati banklarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Banklar mustaqillikning dastlabki yillarida, aniqrog’i 1993 yilda 5 yil muddatga daromad, mol-mulk, yer solig’i kabi to’lovlardan ozod qilindi, va keyinchalik, bu muddat 7 yilga uzaytirildi. Bu mablag’lar banklarning zamonaviy ofisini yaratishga elektron to’lovlar tizimi, avtomatlashtirish tizimini shakllantirishga va boshqalarga yo’naltirildi. Tijorat banklarini qo’llab-quvvatlashda davlat o’z siyosatini izchillik bilan olib bormoqda. Yangi tashkil etilgan xususiy banklar ikki yil muddatga daromad solig’idan ozod etiladi. Xalk banki esa, aholining turli tabaqalariga shu jumladan, kam ta’minlangan qatlamlariga xizmat qilishini hisobga olib 1998 yildan boshlab yana 2005 yilgacha barcha soliq va to’lovlardan ozod qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 15 yanvardagi "Bank tizimini yanada islox qilish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori bank tizimini barqarorligini oshirish, bank resurslarini faollashtirish, samarali joylashtirish, iqtisodiyotni kreditlashda banklarning rolini oshirishga qaratilgan bo’lib, asosiy maqsad bank xizmatlari bozorida raqobat muxitini yaratish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini erkinlashtirish va islox qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» Farmoniga muvofiq va O’zbekistonda bank tizimini rivojlantrishni qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2000 yil 24 mart kuni tijorat banklari va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qaror qabul qilindi.
2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
Strategiyada bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan:

Download 23.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling