O'zbekistonda dastlabki davlatlar paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari


Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari


Download 379.62 Kb.
bet3/9
Sana08.01.2022
Hajmi379.62 Kb.
#240213
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari

  • O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish, etarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Gekatay, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o’lkamizda keng ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir. Arxeolog olimlarimizning so’ngggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo’lsak, O’zbekiston hududida bronza davridayoq, mil. avv. 2 minginchi yillik o’rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.

Download 379.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling