Yana bir yunon muallifi Ksenofont “Kiropediya” nomli asarida Ktesiy xabarlariga o'xshash, Baqtra shaharlarining ossuriyaliklar tomonidan qamal qilinishi to'g'risida ma'lumot beradi. Shuningdek, Ksenofont Kir II va Baqtriya urushlari haqida ham yozadi. - Mil. avv. IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandarning Sharqqa qilgan yurishlari natijasida O'rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar haqida ko'plab yangi tarixiy-geografik ma'lumotlar paydo bo'ldi. Keyingi antik davr mualliflari (Arrian, Kursiy Ruf, Strabon va boshq.) asarlaridagi ma'lumotlar ilk antik davr mualliflarinikiga nisbatan kengroq berilgan. Makedoniyalik Iskadar yurishlari haqida yozgan tarixchilar asarlarida qadimgi O'zbekiston viloyatlari, shaharlar, qal'alar, manzilgohlar, himoya devorlari, xo'jalik va madaniy hayot haqida kengroq va batafsilroq ma'lumotlar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |