O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar Reja


Download 76.18 Kb.
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi76.18 Kb.
#1060436
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilgan iqtisodiy va institusional islohotlar jarayonida mamlakat rivojlanishini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va normalarni o’z ichiga oluvchi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti shakllandi. Shakllangan tadbirkorlik muhiti mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlariga hamda yangicha boshqarish tizimini barpo etilishiga; moddiy, tabiiy, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanish esa iqtisodiy o’sishga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Natijada mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari ta’minlandi. Shu bilan bir vaqtda O’zbekistonda Harakatlar strategiyasi tamoyillariga va ustuvor yo’nalishlariga amal qilgan holda rivojlanishning strategik maqsadlari jahon andozalariga mos ravishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Farmonlari, ma’ruzalari va chiqishlarida belgilab berilgan barqaror iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalarning amalda ijrosini ta’minlash, O’zbekiston iqtisodiyoti va uning hududlari rivojlanishini ta’minlamoqda. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida iqtisodiy o’sish ko’rsatkichi qabul qilingan. Ushbu ko’rsatkich muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining o’tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasining uzoq muddatli ko’payishi tendensiyasini anglatadi. Shuni hisobga olganda, O’zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy muammolarni yechish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy mavqyeini mustahkamlashga erishish va makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar strategiyasining asosiy maqsadi qilib belgilab olingan. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida iqtisodiyot tizimini sog’lomlashtirish hamda iqtisodiy o’sishni yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida quyidagi masalalarni hal etish lozimligi qayd etilgan: ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash; «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o’zining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko’zda tutgan.
Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o’sishning yo’nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda o’zlashtirilayotgan investisiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investisiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o’z navbatidi YaIMning o’sishini ta’minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining o’zgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 %ga o’sdi (YaIM mutlaq o’sishiga ta’siri 4,8 % punktni tashkil etdi). Mahsulotlar uchun sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 10,2 %ni tashkil etdi va YaQQ kabi 5,3 % darajada o’sdi (YaIM mutlaq o’sishiga ta’siri 0,5 %ni tashkil etdi).
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O’zbekistonda bartaraf etish yo’llari. Bu inqiroz Amerika Qo’shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib keti-shiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqshsodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, resessiya va iqtisodiy pasayishning mu-qarrarligi, investisiyaviy faollik ko’lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo’lishi mumkinligi o’z tasdig’ini topdi.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini qo’rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o’z korporativ manfaatlarini ko’zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog’ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo’qligini ham tasdikladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqgisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko’lami va oqibatlari qanday bo’lishi ko’p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog’liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to’lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobi-liyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikasiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog’liq.
To’rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qan-chalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq.
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo’lib o’tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko’lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi.
Ushbu sammitda bo’lib o’tgan muhokamalar shuni ko’rsatdiki, bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida so’z borayotgani yo’q, balki undan qanday qilib chiqish yo’llari izlanmoqda, xolos. Ya’ni, bu masalada vaziyat shu darajaga yetdiki, endi avvalgi marralarga qaytish haqida so’z yuritishga asos yo’q.
Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo’yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali erta ekani ayon bo’ldi.
Shu bilan birga, mazkur sammitning bo’lib o’tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog’liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinganining o’zi umid uyg’otadigan ijobiy hol ekani shubhasiz.
O’zbekistonda qabul qilingan o’ziga xos islohot va modernizasiya modeli orqali uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasi qo’yilgan bo’lib, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’ta jo’n va addamchi tasavvurlardan voz kechildi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o’tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, «Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’li tanlandi.
Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o’tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligi belgilab olindi. Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo’lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o’zini to’la oqladi.
Shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz.




  1. Download 76.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling