O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar Reja


Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi


Download 76.18 Kb.
bet7/7
Sana24.12.2022
Hajmi76.18 Kb.
#1060436
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi.



Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish zarurati avvalo, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash jarayonlarining keng miqyosda amalga oshirilishini ifodalaydi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotning real sektori deganda, iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab oladi. Iqtisodiyot yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish jarayoni xususida so’z yuritishdan oldin, modernizasiya va diversifikasiya tushunchalariga izoh berib o’tish joizdir. Jumladan, “Modernizasiya – bu ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va xizmatlar) raqobatdoshligini oshirishga yo’naltirilgan texnologik yangilanish jarayonidir. Modernizasiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab beradi. Modernizasiya – obyektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish mezonlari bilan ifodalanadi.” Sanoat tarmoqlarini mojdernizasiya qilish ko’pqirrali murakkab jarayon hisoblanadi. Sanoat tarmoqlarini izchil rivojlantirishda modernizsiya jarayoni uchta asosiy tarkibiy qismni, ya’ni, texnologik, infratuzilma, institusional qismdan iborat bo’lishi lozim.
Texnologik modernizasiya jarayoni ko’plab investision mablag’larni sarf qilishni o’z ichiga olib, murakkab texnologik jarayonlar ketma-ketligidir.
Infratuzilma va institusional tarkibiy qismi esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda davlatning modernizasiya jarayonlarini amalga oshirishdagi o’rnini belgilab beradi.
Shu bilan bir qatorda, modernizasiya tushunchasi va unga yondashuvlar turlichadir. Modernizasiya jarayonini talqin qilishda amerikalik sosiolog olim T.Parsonsning 1960 yillarda modernizasiya jarayoniga bo’lgan qarashlarida asosiy e’tibor G’arbiy Yevropa madaniyatiga qaratilgan. Uning fikriga ko’ra, G’arbiy Yevropa mamlakatlarida tarixiylik nuqtai nazaridan modernizasiya jarayoni boshqa davlatlarga nisbatan raqobatbardosh.
Diversifikasiya jarayoni esa ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalari, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish bilan ifodalanadi. Diversifikasiya – bu tavakkalchilikni pasaytirish usuli bo’lib, u yuqori qo’shilgan qiymat o’sish dinamikasini ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshish va kengayish jarayonini ifodalaydi. Diversifikasiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan modernizasiya va tarkibiy o’zgarishlar bilan bevosita uyg’unlashgan hodisa hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash asosida esa ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlar tushuniladi. Ishlab chiqarishni modernizasiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovasion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni qo’llash va boshqa omillar ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiyalashning asosini tashkil qiladi.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizasiyalash, diversifikasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko’lamda amalga oshirilmoqda, natijada esa raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilmoqda. Shuningdek, modernizasiya bugungi kunda jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalanadi. Ishlab chiqarishni modernizasiyalash natijasida mehnat unumdorligi o’sadi, asosiy vositalar foydalanish muddatlari uzayishi va boshqalar ishlab chiqarishga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
Download 76.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling