O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (4 soat)


O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni


Download 58.66 Kb.
bet12/18
Sana24.12.2022
Hajmi58.66 Kb.
#1063258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
O‘zbekiston mustaqilligi yillarida markaziy ijro hokimiyati tizimida o‘zgarishlar bo‘libgina qolmasdan, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida ham yangi tizim talablariga mos tarzda muhim amaliy ishlar qilinganini ta’kidlash lozim.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning siyosiy ta’limotida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishning nazariy-amaliy muammolari o‘z amaliy echim mexanizmlari bilan favqulodda ajralib turardi. 80-yillarning o‘rtalaridayoq, ushbu g‘oyani o‘rtaga tashlab «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturining ishlab chiqilishiga rahbarlik qildi.
Milliy mustaqillik davriga kelibgina fuqarolarning maxalliy o‘zini o‘zi boshqarishning qonuniy maqomini mustahkamlash, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqaro-larning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilgan "Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonuniga binoan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organi bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahat-chilarini saylaydi. 2001 yil may-iyun oylarida bo‘lib o‘tgan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlarda 7840 nafar oqsoqol va ularning 75 mingga yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla oqsoqoli va uning maslahatchilari o‘z mahallasi doirasidagi ishlarni hal etish, muhtoj oilalarga davlat mablag‘lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mahalla tizimi jamiyatning negiziga aylan-di. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga katta umid bog‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 105-moddasiga ko‘ra, “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular uch yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”. 1999-yil “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, 2004-yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. 2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Shunday qilib fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir. Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishi belgilandi. Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.

Download 58.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling