O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (4 soat)


O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi


Download 58.66 Kb.
bet15/18
Sana24.12.2022
Hajmi58.66 Kb.
#1063258
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.


Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar belgilangan. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga asosan Konstitutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga asosan Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqib 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlashi uchun taklif etadigan bo‘ldi. Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillashtirildi va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi.Sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasida mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish belgilandi. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirib, saylov tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi bir qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish, O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.


Fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazorati amalga oshiriladi. Bunda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) – instituti muhim rol o‘ynaydi. Er yuzida inson borki, u doimo o‘z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan. Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir.“Ombudsman” (Hombutsmen) shvedcha so‘z bo‘lib, hukumat idoralari faoliyatini taftish-nazorat qiluvchi mansabdor, shaxs yoki vakil ma’nosini anglatadi.
Mamlakatimizda Qonun ustuvorligini ta’minlashda yurtboshimizning 1996 yil (3oktyabrda) “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi”ni tuzish to‘g‘risidagi Farmoni alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bugungi kunda milliy markazning, bu borada demokratik tamoyil larni hayotga to‘liq joriy etishda ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin inson huquqlari, uning erkinliklari masalasiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Mustaqil-likning qisqa davri mobaynida inson huquqlarini va erkinliklarini belgilovchi qonunlarning qabul qilinganligi, inson huquqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi milliy institutlar ya’ni Inson xuquqlari buyicha Vakil (Ombudsman) instituti, Oliy Majlis (parlament) huzuridagi amal-dagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari buyicha Respublika milliy markazining tashkil etilishi va faoliyati inson huquq-lariga rioya etishni umumdavlat darajasida rivojlantirishga qaratil-gandir. Mazkur YAngi institutlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi fuqaro-ning o‘z huquqlari, burch va majburiyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlarini keng va oshkor ruyobga chiqarish, mansabdor shaxslar, boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazorat (ombudsman) funksiyasini amalga oshirish, ya’ni fuqarolardan kelib tushayotgan shikoyatlarni bevosita ko‘rib chiqish va tekshirish tarzida qondirishdir. Bu institutlarning asosiy vazifasi mamlakatimiz fuqaro-larining huquqiy erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni muhimdir. Hozir O‘zbekistonda 7 millionga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari faoliyatida, 600 mingdan ko‘proq kishi siyosiy partiyalar ishlarida ishtirok etadilar. O‘zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati jamiyatimizning barcha yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu harakatga Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida mehnat qilishni va kurashishni o‘zi uchun hayotiy ehtiyoj deb bilgan 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlari a’zo bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda bu harakatning 20 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari bo‘lib, ular 4 milliondan ortiq yoshlarni birlashtirgan.
Siyosiy ong va siyosiy madaniyat yuksalishida fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokining ahamiyati kattadir. Fuqarolar-ning siyosiy qaror qabul qilishdagi ishtiroki ularda siyosiy-ijtimoiy faollikni uyg‘otadi, siyosiy mas’uliyat ruhini shakllantiradi. Har bir fuqaroga o‘zligini anglashiga, uning jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egal-lashiga qulay sharoit yaratadi. Demokratiyani tabiiy ravishda rivojlantirish uchun fuqarolarning umumiy madaniyatlilik darajasi ham yuqori bo‘lishi lozim. Faqat yuksak madaniyatgina jamiyatni haqiqiy demokratik rivojlanishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasida so‘zlagan nutqida ham inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha bir qator takliflarni ilgari surganligini ko’rishimiz mumkin. ( 2017 yil 19 sentyabr) (BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasi). Davlatimiz rahbarining, ayniqsa, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslariga xorijiy internet nashrlarida alohida e’tibor qaratilgan.
BMT rasmiy saytida (un.org) yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif qildi, terrorizm muammosiga katta e’tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi. «Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti.Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotganini ta’kidlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev «globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish"ni taklif etdi.
«Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir", dedi Shavkat Mirziyoyev". O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasiga yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqish hamda ma’rifat va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolutsiyani qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari jahon jamoatchiligiga "islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini" yetkazishga chaqirdi. «Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz", dedi O‘zbekiston rahbari hamda islom dini "ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga" da’vat etishini qayd etdi". O‘zbekiston Prezidenti BMTga a’zo davlatlarga "BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi" bilan murojaat qildi. «Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan", deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev". Sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishiga faqat va faqat xalqimizning o‘zi baho beradi. Ular uchun yagona va eng qattiq talab – bu fuqarolarning qonuniy manfaatlariga xizmat qilish va ularning huquqlarini har qanday holatda ham himoya qilishdan iborat. Eng asosiysi, biz bir idora qo‘lida barcha vakolat va resurslar to‘planib qolishiga, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati prinsipi buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur, - deb fkidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yildagi Murojaatnomada.



Download 58.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling