O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (4 soat)


O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar


Download 58.66 Kb.
bet8/18
Sana24.12.2022
Hajmi58.66 Kb.
#1063258
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
Ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan qat’iy borish, avvalo, O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyatlarini tashkil etishning yangicha tamoyillarini ishlab chiqishni taqozo etardi. Ma’lumki, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo‘ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament – O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko‘rildi. 1993 yil 28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 22 sentyabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlishududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida besh yil muddatgasaylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilandi. 1994 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o‘tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar o‘tkazildi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 7 ta sub’ekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlis 1995-1999 yillarda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo‘lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo‘lib o‘tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bizda boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa qonunchilik hokimiyatidir. Respublikada Parlament rolini kuchaytirish hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish borasida siyosiy islohotlar davom etmoqda.

O‘zbekistonda ikki palatali parlamentning shakllanishi. Ikki palatali milliy parlamentni tashkil qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2000 yil 25 mayda Oliy Majlisning 11- sessiyasida ilgari surildi. “Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va manaviy ongi ulg‘ayishi bilan,bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham,uning faoliyatida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Shu holatlarni nazarda tutib,men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman, yani biz 2004 yil bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim”.


2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakun-lari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo‘yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlash ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘ninchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining Senati to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordaniborat etib shakllantiriladi. Bu o‘zgarishlar 2003 yil aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarda ham o‘z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikkipalatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslariyaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palataliparlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi.Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi.Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O‘zbeksiton RespublikasiPrezidenti tomonidan tayinlandi.

Keyingi yillarda olib borilgan siyosiy islohotlar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik (quyi)palatasideputatlar soni 150 ta, shundan 135 ta deputat faqat siyosiy partiyalardan, 15 ta deputat esa O‘zbekiston Respublikasi Ekologik harakatidan saylanadi.


2011 yil 18 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida ( 78,80,93,96 va 98 moddalariga)gi” Qonuni qabul qilindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining vakolatlari , Oliy majlis Senatining mutlaq vakolatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirib borildi. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990-1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan, “Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi. 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi. Bu 2002 yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi. Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar el-yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.

Download 58.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling