O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (4 soat)


Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi


Download 58.66 Kb.
bet6/18
Sana24.12.2022
Hajmi58.66 Kb.
#1063258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.
Davlat hokimiyatining bo’linish prinsipining jamiyatda amalda ro’yobga chiqarilishi,ya’ni hokimiyatlar bo’linishining amalga oshirilishi har qanday davlatning demokratik xususiyatini belgilaydigan omillardan biridir. Davlat hokimiyatidavakolatlarning bo’linishi g’oyasi insoniyatning buyuk daholari tomonidan ilgari surilgan ilg’or tarixiy g’oyalardan biridir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Aristotel bu g’oyani dastlab ilgari surganlardan biri bo’lgan. XVIII asrning birinchi yarmiga kelib mazkur g’oya ilmiy- nazariy jihatdan asoslandi. Bunda mashhur fransuz mutafakkiri,huquqshunos va faylasuf Sharl Lui Monteske (1689-1755)ning xizmatlari kattadir. Uning “Qonunlar ruhi haqida” nomli asarida hokimiyatning bo’linish prinsipi asoslab berilgan.
Ingliz ma’rifatchi faylasufi va siѐsiy mutafakkiri Jon Lokk(1632-1704) haqli ravishda huquqiy davlatning atoqli mafkurachilaridan biri hisoblanadi. U o‘z g‘oyalarini «Davlatni boshqarish haqida ikki risola» asarida bayon etgan. Lokk huquqiy davlatning bosh elementi bo‘lgan hokimiyatning bo‘linishi nazariyasining asoschisi hisoblanadi.
Davlat hokimiyatining bo’linish prinsipi davlat hokimiyati organlarining muvozanati va tengligini ta’minlaydi. Lekin buning uchun u maqsadga muvofiq joriy etilishi lozim. Mazkur prinsipning oqilona ro’yobga chiqarilishi orqali davlatda biror organ yoki shaxs tomonidan diktatura o’rnatilishining oldi olinadi, davlat boshqaruvi amalga oshirilishining ideal muvozanati ta’minlanadi, davlat organlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zamin tayyorlanadi.

Davlat xokimiyatining bo’linish prinsipi davlat hokimiyati organlarining kelishib,bir-birini nazorat qilib va o’zaro uyg’unlikda ishlashiga imkon yaratadi.Shuning uchun hokimiyatning bo’linish prinsipining qaror topishi demokratik davlatga xos jihatidir.


Rivojlangan va demokratiya qaror topgan davlatlarda bo’lgani singari,O’zbrkiston Respublikasida ham davlat hokimiyati uchga bo’lingan.Bu haqda O’zbekiston Konstitutsiyasida quyidagi huquqiy norma belgilab qo’yilgan: “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi,ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asosan”(11-modda)
O’zbekistonning yigirma yillik mustaqil taraqqiyot davri mobaynida“mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o’ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyaylar bo’linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zarotiyilib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha g’pyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi”
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis (avval Oliy Kengash) deb ataladigan bo‘ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament – O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko‘rildi. 1993 yil 28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 22 sentyabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida" konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. 1994 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik, ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o‘tkazildi.
O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekistonRespublikasi nomidan ish ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to‘g‘risida" gi qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O‘zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.





Download 58.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling