O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (4 soat)


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning tizimi va vazifalari


Download 58.66 Kb.
bet3/18
Sana24.12.2022
Hajmi58.66 Kb.
#1063258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning tizimi va vazifalari.

Vazirlar Mahkamasining asosiy huquqiy maqomi – uning mustaqil O‘zbekiston hukumati ekanidadir.Unga, o‘zvakolati doirasida,qonunlarni va Prezident farmonlarini ijro etish ma’suliyati yuklangan. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaningsamarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv idoralar tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi muassasalariga rahbarlik qiladi.


1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq ravishda O‘zbekistonPrezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vakolatlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri 2003-yil) qonuni asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati hisoblanib, Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat ko‘rsatadi. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-moddasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi”, degan ikkinchi qismi olib tashlandi.



Download 58.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling