O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (4 soat)


O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi


Download 58.66 Kb.
bet4/18
Sana24.12.2022
Hajmi58.66 Kb.
#1063258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar

O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi-
ning Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonun-
chilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi kiradi.
Umuman, xozirgi kunda mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida islohotlar chuqurlashtirilmokda. Oliy Majlisga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi (lot. erk, ihtiyor, xoxish) bildirish xuquqi berildi. Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish xuquqi Prezident vakolati doirasidan chikarildi.
Saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartib belgilanib, hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi (saylovchi tashkilot vakillarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qarorlar) instituti joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiQonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan xolda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish xaqidagi masala kiritilishi, Oliy Majlis palatalari qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qilishi, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqishi borasidagi kiritilgan takliflar ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradi. Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Bosh vazirning qaror qabul qilishi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiga nomzodlar Bosh vazir tomonidan takdim etilishi Vazirlar Mahkamasi va Bosh vazir vakolatlarini oshirib, uning mas’uliyatini kuchaytiradi.

Download 58.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling