O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
Download 18.51 Kb.
|
Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bo‘lib, ular biri-biriga zid emas, aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish ustun mavqega ega bo‘lib, jamiyatning o‘zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko‘lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin).
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy g‘oya va prinsiplarini ta’kidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so‘zsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, ya’ni huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o‘zaro burch va mas’uliyat (javobgarlik) orqali bog‘liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning ta’minlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi Download 18.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling