O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


Download 14.5 Kb.
bet4/4
Sana24.10.2023
Hajmi14.5 Kb.
#1719022
1   2   3   4
Bog'liq
O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini

Xalq noiblari vakolatlari

  • Keyingi paytda yurtimizda xalq deputatlari
  • Kengashlarining roli, xalq noiblarining vakolatlari tubdan oshirildi. Siyosiy partiyalarning mahalliy hokimiyat idoralarini shakllantirish borasidagi
  • vakolatlari bosqichma-bosqich kengaytirildi, deputatlik nazorati esa mustahkamlandi. Biroq, ochiq tan olishimiz lozim, hokimlarning ham mahalliy Kengashlarga, ham ijro hokimiyatiga rahbarlik qilishi demokratik prinsiplarga mos keladi, deb boʻlmaydi.

Hokimlarning axborot berish masalasi
Ayni vaqtda farmonlar, qarorlar, konsepsiya va strategiyalarda belgilangan indikatorlar va maqsadli parametrlarning ijrosi boʻyicha hokimlar oʻz hududlaridagi ommaviy axborot
vositalari va jamoatchilikka muntazam axborot berib borishlari kerak boʻladi.

Amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300 ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 tasi, mazmun-mohiyatiga


Hokimlarning funsiyalarni muvofiqlashtirish

koʻra, hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi. Bu esa, ish sifati va ijro

intizomiga salbiy taʼsir koʻrsatishi tabiiy.


Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga
oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning
oʻzini oʻzi boshqarish organlari – mahallalar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari faol oʻrin egallaydi.

Ommaviy axborot vositalarining roli

  • Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni
  • mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va taʼsirchan omil hisoblanadi. Bu borada chinakam professional zamonaviy jurnalistikani shakllantirish, xususan, nodavlat ommaviy axborot
  • vositalarini, axborot va tahliliy Internet saytlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratish, buning uchun alohida davlat fondini tuzish maqsadga muvofiq.
  • Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali
  • mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish zarur.
  • Boshqaruv tizimi sifatini oshirishda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa
  • xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni amalda toʻliq taʼminlash boʻyicha hali koʻp ish qilishimiz zarur.
  • Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini oʻylantirayotgan muammolarga davlat
  • idoralari eʼtiborini qaratib, oʻzlarining asoslangan takliflarini berib borishlari maqsadga muvofiq boʻladi.
  • Mamlakat va hududlar darajasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni keng yoʻlga qoʻyib, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni koʻpaytirishimiz kerak. Vazirlik va idoralar ham bir
  • chetda tomoshabin boʻlib oʻtirmasdan, bunday ijtimoiy hamkorlik ishlarini kengaytirishi lozim. Shuning uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini
  • takomillashtirish darkor.
  • Mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha daromadini taqsimlash, nafaqa oluvchilarni adolatli belgilash,
  • ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish bundan buyon Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga oshiriladi.
  • Har bir deputat Xalq qabulxonalari bilan doimiy ishlab, oʻz hududida yashayotgan aholi muammolarini yechishda faol ishtirok etishi, odamlarning dardu
  • tashvishlarini tinglashi kerak.
  • Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng
  • joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin
  • yaxshilash mumkin.
  • Elektron hukumat” tizimini, amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni
  • tanqidiy qayta koʻrib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish zarur.

Inson haq-huquqlarini taʼminlash va himoya qilish

  • 2020-yilda Oʻzbekiston prezidenti “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash
  • toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi.
  • Farmonga asosan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston
  • Respublikasining Milliy strategiyasi, uning «Yoʻl xaritasi” hamda BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari hamda shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalari va qarorlarini koʻrib
  • chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling