- Farmatsevtika faoliyatiga litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
- (43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
- Oldingi tahrirga qarang.
- Farmatsevtika faoliyatiga litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan boj summasining 90 foizi undiriladi.
- (43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
- Oldingi tahrirga qarang.
- 44. To‘langan davlat bojlari summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
- a) Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
- 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
- 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
- 11,25 foizi — litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
- 22,5 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamiga o‘tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |