O’zbekistonda dori vositalarini registratsiyasi


Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish


Download 0.74 Mb.
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#206846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdubanno

Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish.

  • Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
  • To‘xtatib turilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi to‘xtatilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi.
  • 39. Litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatishga olib keluvchi litsenziya talabi va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishlari quyidagilardan iborat:
  • litsenziya talablari va shartlarini, jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash bo‘yicha tartibning muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilishi;
  • dori vositalarini va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
  • ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish;
  • dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
  • dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasiga farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxsning mudirlik qilishi;
  • litsenziya faoliyati litsenziya bitimida ko‘rsatilmagan manzilda amalga oshirilishi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling