O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning istiqbolli jabhalari mundarij a


Buxoro turistik salohiyatini namoyish etuvchi ekoturistik dastur


Download 120.08 Kb.
bet10/13
Sana23.02.2023
Hajmi120.08 Kb.
#1225273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O`zbekistonda ekolo

3.3. Buxoro turistik salohiyatini namoyish etuvchi ekoturistik dastur
O`zbekistonda xorijiy mehmonlarni jalb qilishda ko`plab resurslar (hayvonot va o`simliklar olamiga boy bo`lgan cho`l va qo`riqxonalar, tog` cho`qqilari va daryolar, 300 dan ortiq shifobaxsh mineral suv manbalari) - turizmni faol ravishda rivojlantirish uchun ahamiyatlidir.
Yurtimizning o`ziga xos ekologik potensialidan yetarli darajada foydalanish, ko`plab ekoturistik manzilgohlarning imkoniyatlarini amalda qo`llash va yoshlarda ekologik turizm madaniyatini shakllantirish, tabiatga bo`lgan muhabbatni uyg`otish bo`yicha chora – tadbirlarni ishlab chiqish hozirgi kun talablarining debochasidir.
“O‘zbekistonning dam olish va salomatlikni tiklash imkoniyatlari, — degan edi 1-Prezidenti Islom Karimov - sayohat marshrutlarining xilma – xil turlarini tashkil etishga va sayohatchilarni butun yil davomida qabul qilishga sharoit yaratadi”. Ekoturizm – insoniyatning tabiat bilan uyg‘unlikda sayohat qilish va tabiat noz – ne’matlaridan bahramand bo‘lish maqsadida qilgan sayohatidir.
Ekspertlar ma’lumotiga qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20% qamrab olgan, o`sish sur’ati esa umumiy turizm industriyasining o`sish sur`atidan 2-3 marotoba yuqori ekan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori turizm va turistik infratuzilmani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, milliy turistik xizmatlarni xalqaro sayyohlik bozorlariga faol kiritishga xizmat qildi.
Albatta ekologik turizmning shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bog`liqdir. Mamlakat qanchalik turli – tuman turistik resurslarga ega bo`lsa, ekologik turizmni rivojlanishi shuncha oson kechadi. Turizm respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo`jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o`zining munosib o`rniga ega bo`lishiga erishishimiz asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Ekologik turizm insonni tabiat bilan hamohanglik sari yetaklab, undagi mo`jizakor dunyo bilan uyg`unlashuviga ko`maklashadi. Ekologik turizmga ixtisoslashgan turoperatorlik xizmatlari esa insonlarning bu ehtiyojlarini amalga oshirishlariga dastak bo`lib xizmat qiladi. Ushbu ilmiy ish aynan shu mavzudagi barcha muammolarning imkoniyatli yechimlari va amaliy natijalariga bag`ishlangan bo`lib, kelajakda yurtimiz bo`ylab ekoturistik dasturlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ilmiy ishda o‘lkamizga keladigan sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va barqarorlashtirish uchun ekologik turizmni boshqarish tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini va buning uchun jozibador ekoturistik manzillarni shakllantirish yo`llari, unda mahalliy va milliy turistik manzil boshqaruvini tashkil etish hamda Buxoro viloyati bo`yicha innovatsion ekoturistik marshrutini ishlab chiqish, “Buxoro” ekoturistik mahsulotlarini marketingli boshqaruvini tashkillashtirish, shuningdek ekologik turizmga ixtisoslashgan turoperatorlik katalogi va turli ekoko`rgazmalarga qatnashish bo`yicha amaliy rejalar ishlanmasini joriy qilish bo`yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, uni yurtimizning Buxoro hududida qo‘llash yo‘llarini ilmiy-uslubiy asoslab berilgan.
Shuningdek, bitiruv malakaviy ishida O`zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy – huquqiy normativlari dasturini, hududdagi milliy va mahalliy ekoturizm resurslaridan foydalanish bo`yicha keng ko`lamli dasturlarni ishlab chiqish “Buxoro” ekoturistik mahsulotlarini marketingli boshqaruvini tashkillashtirish ishlari mukammal ilmiy tadqiq qilish zarurligini keng e’tirof etilgan. Ekologik turizm bo`yicha yaratilmagan dasturlarni kombinatsion tartibda ishlab chiqish va ekologik katologi va turli ekoko`rgazmalarni yaratish bo`yicha tavsiyalar berilgan.Buxoroning cho`l zonasida joylashganligining yana bir yutuqli tarafi – ayrim noyob hayvonlarning bu hududda yashab ketish imkoniyatining kengligidadir. Bu borada o`zining afsonaviy tarixi, noyob flora va fauna olamiga ega, 16522 gektarlik maydonga yoyilgan “Jayron” ekomarkazi va uning yaqinidagi Milliy bog` misol bo`la oladi.
Yana shunday bir ekoturistik manzilgohlaridan biri Qora qir buyurtmaxonasi bo`lib, hudud 30000 gektarlik maydonga ega 1992-yilda tashkil etilgan bo`lib, keng maydonga yoyilgan ulkan qirli vodiy sifatida tanilgan.
Shuningdek, Buxoro hududida hali to`liq kashf etilmagan katta ekoturistik bir necha hududlar mavjud bo`lib, ulardagi boy flora-fauna olami dunyo olimlari tomonidan haligacha o`rganilib kelinadi.
Bizga ma’lumki, Buxoro hududi cho`l zonasida joylashgan bo`lib, hududda subtropik iqlimiga ega bo`lgan kontinental cho`l iqlimi hukmronlik qiladi. Hududning cho`l zonasida joylashganligi, unda yetishtirilayotgan shirin-shakar mevalar tarkibidagi vitaminlar darajasini yanada oshiradi va sizga bir umrlik lazzat ta’mini in’om etadi. Buxoroga tashrif buyurishingiz bilanoq sizga tabiatimiz ne’mati bo`lgan anor, uzum, anjir, olma, shaftoli, zaldori va boshqa noz – ne’matlardan ulashadilar. Shirmoy nonlar-u shirinliklarni ta’riflamasak ham bo`ladi. Bunday ne’matlardan bahramand bo`lishni istasangiz birgina Buxoroga tashrif buyurishingiz kifoya.
Ov turizmining hududimizdagi eng mashhur joyi Dengiz ko`l hududi bo`lib, 1990-yilda tashkil topgan. Dengiz ko`lning bir qismi To`dako`l bilan qo`shilib ketgan bo`lib umumiy maydoni 50000 gektarlik suv va atrofi cho`lli hududdir.
Har bir hudud bo`ylab, ekoturistik komplekslarni yaratish va mahalliy sayyohlarni ekoturistik dasturlar orqali jalb qilish lozim. Bunda biz kombinatsion turlarni taklif etish orqali erishamiz, ya’ni madaniy va ekologik turizm, madaniy va ov turizmi, sport va ekologik turizm kabilar. Bunday kombinatsion dasturlar ichki turizmni rivojlantirishga ham keng imkoniyatlar yaratib, mahalliy aholinining sayohatga chiqish qiziqishlarini bir muncha oshiradi.
Ekoturistik cho`l zonalarida yurtalar qurish ham qulay va arzon yotoq bo`lib, u bizning yurtimiz iqlimi uchun juda mos. Ya’ni yoz mavsumida salqin, qishda esa iliq. Sayyohlar uchun esa unutilmas sayohat garovidir.
Yuqoridagilarning barchasi sayohatni shakllantiruvchi asosiy tirgak bo`lib xizmat qiladi. Biz faqatgina ekskursion dasturlar bilan emas,balki ov turizmi va kombinatsion turlar bilan ham kelgusida shug`ullanmoqchimiz. Ya’ni yurtimizga sayohat qiluvchi sayyohlarni Buxorodagi sayohat kunlarini uzaytirish maqsadida ularga madaniy va ekologik turlar yig`indisini taklif etmoqchimiz. Buning uchun birinchi navbatda ekomarkaz va xalqaro turoperatorliklar bilan o`zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va sayyohlar segmentiga ko`ra dasturlarga qo`shimcha ekologik turlarni kiritish lozim bo`ladi.
Shuningdek, Prezident qaroriga ko'ra, «2017–2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturi» tasdiqlangan va uni amaliy tatbig'ini quyidagi ustuvor yo'nalishlarda samarali tarzda amalga oshirish ta`minlanadi:
- yangi mehmonxonalar, madaniy-sog'lomlashtirish va savdo-ko'ngilochar markazlar va turizmni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarga ega boshqa sayyohlik infratuzilmalari ob`yektlarini qurish;
- umumiy ovqatlanish tizimini takomillashtirish, jumladan, zamonaviy restoranlar qurish, madaniy meros ob`yektlarida o'zbek milliy musiqasi teatrlashtirilgan tomoshalarini o'tkazish, milliy uof-odatlarni namoyish qilish hisobidan sayyohlarning kechki dam olishi uchun sharoitlar yaratish;
- transport xizmatini yaxshilash, avia va temiryo'l infratuzilmasini aviareyslar soni va «Afrosiyob» elektropoyezdi reyslari sonini oshirish yo'li bilan rivojlantirish, Buxoro shahrining tarixiy qismi atrofida sayyohlarga xizmat qiladigan maxsus kompaniya tuzish, sayyohlik namoyishi ob`yektiga olib boradigan avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish;
- Buxoro shahri hududini obodonlashtirish Buxoro shahrining markaziy qismining detallashtirilgan yangi rejasi loyihasini tasdiqlash, shahar markazida suvenir va sovg'alar do'konlarining maxsus tarmog'idan iborat yangi «savdo» ko'chasini yaratish, sayyohlik infratuzilmasi ob`yektlariga bankomat va terminallar o'rnatish, valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkillashtirish, sayyohlar ommaviy yig'iladigan joylarda xalqaro Internet axborot tarmog'iga ulanish imkoniyatini beradigan Wi-Fi zonalar tashkil etish;
- «Ipak va ziravorlar», «Qovun sayli», «Shahar kuni», «Sharq taomlari», «Buxoro hunarmandlari» kabi festivallar tashkil etish orqali Buxoro shahri brendini olg'a siljitish va mashhur qilish yuzasidan keng ko'lamli reklama kampaniyasi o'tkazish, xorijiy sayyohlik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-turlar tashkillashtirish, shuningdek, ommabop xorijiy telekanallarda va maxsus veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda shaharning tarixi va osori atiqalariga bag'ishlangan ma`lumotlar joylashtirish orqali sayyohlik salohiyatini ilgari surish;
- Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash;
- yangi sayyohlik yo'nalishlari yaratish va turizmning yangi ko'rinishlarini rivojlantirish, jumladan, Shofirkon tumanidagi «Agutma» ko'li atrofida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, «Jayron» ekologik markazi «Tashrif markazi»da kapital ta`mirlash o'tkazish va uning atrofida zoologik bog' barpo etish, Peshku tumanining «Qoraqir» ko'lida ov, plyaj va sport turizmi bilan shug'ullanish uchun zarur sharoitlarni ta`minlash, «Afshona» muzeyi atrofidagi hududni obodonlashtirish hamda maxsus davolash uylari qurish;
- 2017–2021 yillar mobaynida sayyohlik xizmatlari hajmini 2,1 martaga, sayyohlar sonini — 1,9 martaga oshirishga erishish.
Shularga muvofiq,
Xulosa qiladigan bo`lsak, hozirda yurtimiz bo`ylab ekologik turlarga qiziquvchi sayyohlar soni ancha oshgan, shu tufayli ularni ekomarkaz bo`ylab sayohatga taklif etish eng samarali yo`llardan biri deb hisoblayman.


XULOSA
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishdan asosiy maqsad-jamiyat ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini kengaytirilgan holda sohaga bozor iqtisodiyotining dunyo standartlari darajasidagi modeli kirib kelishini ta’minlashdir. Jamiyat ehtiyojini qondirish turistlar talabini ichki va tashqi turizm xizmatlariga aholining ekskursion xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish shu bilan xizmat importi va eksportiga bo‘lgan xalqaro talabni o‘rganish bilan bog‘liqligi masalaning nechog‘li muhimligini ko‘rsatadi.
Shulardan kelib chiqib, O‘zbekiston turizm xizmati bozorida ekoturizmning o‘rni va ahamiyatini tadqiq qilish davomida olingan natijalar quyidagi xulosalarni beradi.

  1. Ekoturzm an’anaviy turizmning muhim qismi bo‘lib, shakllanishi jihatidan yangi istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Hozirgi paytda u umumiy sayyohlik bozorining 10-20 foizini egalladi, o‘sish sur’atlari bo‘yicha esa yilsayin ortib bormoqda.

  2. O‘zbekistonda ekoturizmning salohiyati katta bo‘lishiga qaramasdan undan foydalanish darajasi ancha past. Mamlakatning tabiati landshaftlarga, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosiga, nodir, xalqaro ahamiyatga molik arxeologik qazilmalar, paleontologik qoldiqlar, geologik kesimlar va tabiiy yodgorliklarga boyligi ekoturizmni keskin rivojlantirish imkoniyatiga egaligidan dalolatdir.

  3. Ekoturizmga faqat daromad manbai, ish bilan bandlikni ta’minlash vositasi, kishilarga zavq-shavq, estetik qoniqish bag‘ishlaydigan hordiq omili debgina emas, balki, ekomuhitni asrab-avaylash, parvarish qilish, yaxshilash yo‘llaridan biri sifatida ham qarash lozim.

  4. Ko‘pchilik hollarda ekoturizmning muqobili sifatida “tabiiy turizm”, “barqaror turizm”, “yashil turizm”, “mas’uliyatli turizm”, “xayriya turizmi” kabi atamalar ishlatiladi. O‘rtasida umumiylik bo‘lsada, ular bir-birining sinonimi bo‘la olmaydi. Lekin ularning hammasi, mazmunan tabiatga sayohat, tabiatni muhofaza qilish va shu asosda atrof-muhitni himoyalashni maqsadini anglatadi.

  5. Ekoturizmning mahalliy uyushma (birlashma) darajasi sayohatni tabiat qo‘ynida tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib, bu holatda turizm ustidan asosiy nazorat, uning rivojlanishi va uni boshqarish, daromadning katta qismi uyushmaga tegishli bo‘ladi. Turizmning bu shakli mantiqan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish shakli hisoblangan “mahalla” tushunchasi bilan uyg‘unlashib ketadi.

  6. O‘zbekistonning alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlari (davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar, ixtisoslashtirilgan muassasalar, qo‘riqxonalar, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari) ekologik turizmni rivojlantirishga katta sharoit hozirlaydi va soha taraqqiyotiga asos bo‘ladi.

  7. Iqtisodiy hudud va ekoturistik rayonlarda ekologik turizmni tashkil etish va rivojlantirish shart-sharoitlari bir xil emas. Ular infratuzilmasining rivojlanishi jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladi. Bunday holat xorijiy sayohatchilarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun bu jabhaga mahalliy uyushmalar, homiylar mablag‘lari bilan birga davlat byudjetidan ham mablag‘lar ajratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

  8. Ekoturizm shakllari xilma-xil bo‘lib, ularning tarkibi doimo o‘zgarib turadi. Ayrim shakllari rivojlansa ayrimlarining ahamiyati pasayish tendentsiyasiga ega. Shuni inobatga olib, ekoturizm shakllarini hududlar bo‘yicha va hudud (mintaqa) rayonlari ichida ixtisoslashtirish zarur.

  9. O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha har jihatdan muvofiqlashtirilgan kompleks yondashuv ijrosini ta’minlash uchun barcha manfaatli tomonlarni jalb qilish lozim. Bu boradagi katta muammolardan biri transchegaraviy muammodir. Bu muammo avvalo, G‘arbiy Tyan-Shan hududiga tashrif buyuradigan turistlarning chegarani kesib o‘tish bilan bog‘liq. Uni hal etish uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bo‘yicha chegarada kesib o‘tish mumkin bo‘lgan maxsus joylar ochish talab etiladi.

  10. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish respublikaning barqaror taraqqiyot strategiyasidagi uzviy qismga aylanishi zarur. Buning uchun ekoturizm infratuzilmasini yaratish, erkin iqtisodiy hududlar, faoliyatini kuchaytirish, bu maqsadga yo‘naltirilgan chet el investitsiyalarini kafolatlash, ekoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qonunlar yaratilishini taqozo qiladi.

  11. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, buyurtmaxonalar negizida ekologik turizmni rivojlantirish ancha istiqbolli hisoblanadi, chunki bunday manzillarda ma’lum darajada infratuzilma mavjud. Shu tufayli birlamchi investitsiya talab etimasada, sayyohlardan keladigan daromadlarning bir qismini shu sub’ektlarni rivojlantirishga sarflash lozimligi asoslangan.

  12. O‘zbekistonda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, biologik rezervatlar va milliy tabiiy bog‘larda boshqa mintaqalarda uchramaydigan noyob hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun shart-sharoitlar, infratuzilma hamda moddiy-texnika bazasi yetarli darajada rivojlanmagan. Ekoturizm bilan shug‘ullanadigan mas’ul xodimlar va mahalliy aholining sanitariya va kasb madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha talaygina tadbirlarni amalga oshirish zarur. Shularga asoslanib quyidagilarni taklif etamiz:

  • resurslarning samarali ishlatilishi, kichik va xususiy tadbirkorlik keng miqyosda rivojlantirishni;

  • zamonaviy turistik majmualar bunyod etish, ularni xalqaro standartlarga moslash, xorijiy investitsiya jalb qilishni;

  • yirik xorijiy firmalar bilan turistik xizmat ko‘rsatishning yangi innovatsion shakllari tashkil qilinishini;

  • ekoturizmning jahon turistlari talabi katta bo‘lgan ekoturizm yo‘nalishlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ko‘paytirilishini;

  • soha uchun yuqori malakali menejer va tadbirkor kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlov yo‘lga qo‘yilishini;

  • jahon ekoturizmidagi tez o‘zgaruvchan dinamik holatga olgan, moslashish va undan samarali foydalanish choralari ishlab chiqishlishini;

  • jahon ekoturizm bozoridagi talab va taklif dinamikasini o‘rganib o‘sib borayotgan talabga mos marketing va reklama faoliyati faol yo‘lga qo‘yilishini;

  • jahon ekoturizmi bozoridagi o‘zgarishlarni, tarixiy turizmga qiziquvchilar talabini hisobga olib tarixiy obidalarga ekoturistik marshrutlar tashkil etilishi uchun reklamaning ommabop shakllaridan foydalanish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini;

  • jahonning ekoturistik mahsulotlarni reklama qilish bo‘yicha tajribasiga tayangan holda reklama uzatish kanallarini aniqlash, vakillari ekoturistik safarlarga ko‘p chiqadigan mamlakatlar bozoriga kirib borishga erishish choralari;

  • jahonda keng tarqalgan internet tarmoqlaridan turmahsulotlarni reklama qilishda unumli foydalanish yo‘llari ishlab chiqish;

  • rivojlangan mamlakatlarning ekoturistik mahsulotini xalqaro bozorlarda sotish borasidagi tajribasi o‘zlashtirilishi va turmahsulotlar sotuvining istiqbolli yo‘llari tashkil qilinishi.

  • respublikada ekoturizmning maxsus yo‘nalishlari ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishi;


Download 120.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling