O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning istiqbolli jabhalari mundarij a


Qo’riqlanadigan tabiiy hududlarda ekologik turizmni rivojlantirish


Download 120.08 Kb.
bet7/13
Sana23.02.2023
Hajmi120.08 Kb.
#1225273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
O`zbekistonda ekolo

Qo’riqlanadigan tabiiy hududlarda ekologik turizmni rivojlantirish

yo’llari
Ekoturizm mahalliy iqtisodiyotga daromad keltirishi va tabiatni muhofoza qilishga doir tadbirlarga ko‘maklashishi lozim. Biroq, agar ekoturizm yomon boshqarilsa, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hech gap emas. Shuning uchun turistlarning ehtiyojlarini qondira oladigan va tabiatni muhofaza qilishga faol moliyaviy ulush qo‘shadigan barqaror ekoturizm shaklini rivojlantirish lozim.
Ugam-Chotqol tabiiy bog‘iga ekoturistlarni ko‘proq jalb qilish uchun tabiatni muhofaza qilishning muayyan bir maqomi belgilab qo‘yilgan tabiat manzillarining asosiy sharti bo‘lib qolishi zarur. Shu munosabat bilan ayni hudud uchun qo‘riqlanadigan hududlarning ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish juda muhim. G‘arbiy Tyan-Shanda rejalashtirilayotgan Transchegaraviy biosfera rezervati turizm bozorida ushbu hududni reklama qilishga o‘z hissasini qo‘shadi. Qo‘riqlanadigan hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

  1. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda barqaror turizmni shakllantirish uchun standartlar kiritish. Yevropark, MSOP va WWF pankparklari tayyorlagan xalqaro standartlarga asoslanib, ZTShSB Markaziy Osiyoning qo‘riqlanadigan hududlari doirasida turizmni rivojlantirish uchun standartlar va mezonlarni ishlab chiqish lozim. Standartlar qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarning bashqaruvchilari uchun tavsiyanomalarni ham o‘z ichiga olishi lozim.

  2. Hududni guruhlashtirish va tashrif buyuruvchilarni boshqarish.

Qo‘riqlanadigan tabiiy manzillarni rejalashtirish, demarkatsiyalash va guruhlashtirishda turizmni rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olish va bunda tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga halaqit bermaslik lozim. Qo‘riqlanadigan tabiiy hudularda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:

  • turizmni rivojlantirish ehtiyojlarini baholash;

  • turistlarni qabul qilish salohiyatini baholash;

  • turizmni rivojlantirish ehtiyojlarini rivojlantirish va turistlarni qabul qilish salohiyatini hisobga olgan holda taklif qilinadigan guruhlashtirish loyihasi;

  • guruhlashtirish sistemasi to‘g‘risidagi bitim.

Mohiyatan Ugam-Chotqol tabiiy bog‘i va Besh-orol qo‘riqxonasi faqat bir maqsadni, ya’ni, biologik xilma - xillikni saqlash maqsadini ko‘zda tutgan hudud hisoblanadi. Biroq, bu joy inson tabiatga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadigan joy hamdir. Hududning ba’zi joylari borki, ularga kirishni butunlay cheklab qo‘yish yoki muayyan ruxsatnomali tartibni o‘rnatish lozim. Ular qo‘riqxona markaziga olib boruvchi, otda yoki piyoda sayr qilish uchun mo‘ljallangan yo‘laklar, havoskorlar va professionallar uchun bilimlarni oshirish maqsadi ko‘zlangan botanik, ornitologik, entomologik turlar bo‘lishi, chet mamlakatlarning talabgor guruhlari va yakka tadqiqotchilari qo‘riqxonaga ilmiy tadqiqotlar va o‘rganish uchun tashrif buyurishlari mumkin.

  1. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarga tashrif buyuruvchilarning kirishi va haq to‘lash tizimi. O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarga kirish uchun haq to‘lash tizimi turoperatorlar va yakka tashrif buyuruvchilar uchun hozircha aniq emas. Milliy darajada haq to‘lash tizimi o‘yg‘unlashtirilishi va aniqlashtirilishi lozim. G‘arbiy Tyan-Shandagi bo‘lg‘usi Transchegaraviy biosfera rezervati doirasida joylashgan har bir qo‘riqlanadigan tabiiy hudud bo‘yicha tashrif buyuruvchilar uchun axborot lifleti ishlab chiqishni tavsiya qilish lozim. Unda haq to‘lash tizimi bayon qilinadi. Bundan tashqari, kirish haqini qabul qiladigan qo‘riqchilar tashrif buyuruvchilarni qabul qilish tartibiga o‘rgatilishi zarur. Chotqol vohasi aholisi uchun ham kirish haqi belgilashni ko‘rib chiqish kerak. Mahalliy aholi uchun kirish haqini minimal darajada belgilagan ma’qul. Loyihaning O‘zbekiston qismini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, Chotqol qo‘riqxonasiga kirish haqi mahalliy aholi uchun bir xil ta’rif (arzonlashtirilgan), xorijliklar uchun ikkinchi ta’rifga asoslanishi maqsadga muvofiq. Turistlarni qabul qilish va menejment O‘zbekistondagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar xodimlari uchun nisbatan yangi vazifa. Demak shu hududlar menejerlari hamda boshqa xodimlari uchun trening mashg‘ulotlarini doimiy ravishda olib borish va ularning salohiyatini oshirish juda muhim.

Xodimlarning xizmat ko‘rsatish saviyasini oshirish borasida quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • qo‘riqlanadigan hududlarning menejerlari uchun trening mashg‘ulotlari, qo‘llanma va seminarlar tashkil qilish, ZTShSB doirasida qo‘riqlanadigan hududlardagi turizm bo‘yicha xodimlarga qo‘llanma ishlab chiqish lozim. Barqaror turizmni rivojlantirishga doir taklif qilingan mezonlar va standartlarga hamda Yevropadagi mavjud qo‘llanmalarga asoslanib, qo‘llanmada quyidagi masalalar yoritilishi maqsadga muvofiq:

  • guruhlarga ajratish;

  • turistlarni qabul qilish salohiyatini baholash;

  • tashrif buyuruvchilarni boshqarish;

  • kirish haqi tizimi;

  • turistlarga yo‘l boshlash (hamrohlik qilish);

  • marshrut bo‘yicha ko‘rsatgichlar o‘rnatish;

  • mahalliy uyushmalar bilan hamkorlik qilish;

  • xorijiy turistlar uchun tarjimani yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi vaqtda Ugam-Chotqol tabiiy bog‘iga va Chotqol qo‘riqxonasiga kirish unchalik qiyin emas. Shuning uchun bu borada ham moliyalashni yaxshilash, ham tashkiliy muammolarni hal qilish maqsadida tegishli tadbirlar o‘tkazish talab qilinadi. Chotqol qo‘riqxonasiga qaerdan kirish mumkinligini rasman aniqlab olish lozim. Kirish chiptalari uchun yagona va standart narxni belgilab qo‘yish kerak. Kelgusida, tashrif buyuruvchilar soni ortgan sari, tashrif buyuruvchilarning ma’muriy bino markazidan qo‘riqxona ichkarisiga borishlari uchun kichikroq avtobus yoki mashina sotib olishga investitsiya jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim. Bir kunlik turlar uchun ikkala qo‘riqxona ma’muriy binosidan toki qo‘riqxona ichkarisiga olib boradigan va aniq belgilab qo‘yilgan so‘qmoqlar tizimini ishlab chiqish kerak. So‘qmoqlarning kerakli joylariga shiyponchalar qurilsa yaxshi bo‘ladi. Gidlar shu shiyponchalarda turistlarga tabiat haqida gapirib beradi, bu yerga ichimlik suvi va boshqa zarur narsalar qaerdaligini bildiruvchi ko‘rsatkichlar va belgilar o‘rnatiladi. Tashrif buyuruvchilarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash va tarjima ular o‘zlarining tushinishlari va mas’uliyatni his qilishlari uchun juda muhim omil bo‘ladi. Bu esa, qo‘riqlanadigan hududlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shilgan hissa hisoblanadi.
Bu omillarni rivojlantirish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • Axborotlar va ko‘rsatkich taxtasi. Qo‘riqlanayotgan hududning kiraverishiga axborotlar taxtasi (shchiti) o‘rnatiladi;

  • Tashrif buyuruvchilar uchun ahloq kodeksi. Halqaro ahloq normalari tamoyillariga va mavjud ahloq kodekslariga asoslanib, qo‘riqlanadigan hududlarga tashrif buyuruvchilar uchun Ahloq kodeksi ishlab chiqilishi lozim. Bu kodeksni turoperatorlar, qo‘riqxonalar ma’muriyati va mahalliy uyushma provayderlari orqali tarqatish mumkin;

  • Tashrif buyuruvchilar markazi. Besh-Orol qo‘riqxonasida tashrif buyuruvchilar uchun muzey markazi, Ugam-Chotqol tabiiy bog‘ida o‘lkashunoslik muzeyi ochish lozim;

  • Ugam-Chotqol tabiiy bog‘i hamda O‘zbekistondagi uchta turistik hududning o‘ziga xosligi to‘g‘risida qo‘llanmalar chiqarish. Hududning o‘ziga xos barcha afzalliklaridan foydalanish uchun bog‘ va maskanlar tashrif buyuruvchilar uchun hududlarning tarixi yoritilgan oddiy broshyura, marshrutlar belgilangan turistik xarita, taklif qilinadigan xizmatlar, ularning narxi (kirish haqi) ko‘rsatilgan ro‘yxat va Ahloq kodeksi bilan ta’minlanishi lozim. Broshyurani o‘zbek, rus va ingiliz tillarida chiqarish mumkin. Hozirgi vaqtgacha Chotqol vodiysiga tashrif buyurgan turistlar soni unchalik ko‘p emas. Keyingi yillarda Ugam-Chotqol tabiiy bog‘iga keluvchi turistlar soni ancha ko‘payadi (lekin har qaysi manzilda har xil bo‘ldi). Ekoturizmning imkoniyatlari maqsadli turistik bozorlarga ma’lum. Biroq, yakka turistlar uchun ham, turoperatorlar uchun ham keng ko‘lamli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborotnomalar yo‘q, ayrim turistik kompaniyalargina o‘z tadbirlarini o‘tkazishadi, xolos. Mahalliy uyushma doirasidagi turizm birgalikdagi reklama kompaniyasiga muhtoj. Lekin turistik loyihalarning provayderlari, bog‘ menejmenti yoki mahalliy hokimiyat turistik bozor uchun o‘z strategiyalarini yaratishlari va o‘zlarining reklama materiallarini ishlab chiqishlariga imkon berilsa, yaxshi bo‘lardi. Ommaviy talab sharoitida bular ham o‘z natijasini berishi mumkin. Internet ekoturizm bo‘yicha zarur ma’lumotlar to‘plangan eng muhim axborot vositasiga aylanib bormoqda. Internetda uchta hudud bo‘yicha ekoturizmga bag‘ishlangan sahifalar, yaratish muhim ahamiyatga ega. Shu bois o‘rganilayotgan uchta hudud - Xumson, Chimyon, Burchmulla Internet orqali reklama qilinadigan bo‘lsa, uning sahifalarida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:

  • qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida;

  • hududning madaniyati va tarixi to‘g‘risida;

  • ayni hudud doirasida transport (tashish) variantlar to‘g‘risidagi;

  • uyushma mahalliy guruhlari va turoperatorlar taklif qilayotgan turlar va paketlar to‘g‘risida;

  • joyning xaritasi;

  • mumkin bo‘lgan marshrutlar;

  • mahalliy xizmatlar provayderlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Bu masala IREX ning tashkiliy yordamida “Rabat Malik” sayohatchilar assotsiatsiyasi tomonidan qisman bajarilgan. Ushbu vebportallar: http ;//humsan.freenet.uz, http ;//chimgan.freenet.uz,
http;//brichmulla.freenet.uz veportallarda uchta hudud - Xumson, Chimyon va Burchmulla hududlari to‘g‘risidagi qisqacha axborotlar qo‘yilgan.
Chimyon-Beldorsoy hududining xizmatlar provayderini xususiy sayyohlik uyushmasi milliy yo‘l ko‘rsatkichiga kiritish:

  • xususiy sayyohlik uyushmasi milliy va hududiy axborot markazlari orqali reklama qilish;

  • ZTSh/SWOTning turistik mahsulotlarini mahalliy uyushma milliy kitobiga kiritish;

  • Chotqol xizmatlar provayderlarini KATOS milliy yo‘l ko‘rsatkichiga kiritish;

  • Chotqol xizmatlar provayderlarini KATOS internet sahifasiga kiritish;

  • tegishli hududlarni Toshkentdagi 21 ta milliy sheriklik turoperatorlari orqali reklama qilish (www.cbtkurgyzstan.kg);

  • sayohatchilar uchun xalqaro yo‘l ko‘rsatkichlar (trevel servayvl kit, Odissey yo‘l ko‘rsatkichi Kadogunbuk va h.k);

  • ZTSh xizmat provayderlarining bronlash tizimida ishtirok etishi (O‘zbekiston turoperatorlari bilan hamkorlikda).

Tabiatni muhofaza qilish maqsadidagi yerlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalari yerlari, milliy va dendrologik bog‘lar, botanika bog‘lari, buyurtmaxonalar (ovchilik buyurtmaxonalaridan tashqari) yerlari kiradi. Ularda muhofaza maqsadlaridan boshqa ishlar taqiqlanadi. Sog‘lomlashtirish maqsadidagi yerlarga tabiiy davolash xususiyatlariga ega bo‘lgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil qilish uchun qulay, muayyan muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berilgan yerlar kiradi. Rekreatsion maqsaddagi yerlar aholining ommaviy dam olish va turizm uchun muassasalar va tashkilotlarga biriktirib qo‘yilgan yerlardan iborat.
Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar (ba’zi hollardan tashqari) fuqarolar uchun umumiy kirish mumkin bo‘lgan joylar hisoblanadi. Kirish yoki tashrif buyurish mumkinligi darajasi bog‘ning yoki uning ayrim hududlari, qismlari, ob’ektlarining belgilangan maqomiga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi. Biorezervatni tashkil qilishda belgilab qo‘yilgan umumiy tartibdan tashqari, noyob va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlar turlarini, ular o‘sadigan va yashaydigan muhitni muhofaza qilish maqsadida hududlarning ayrim yerlariga fuqarolar kirishi cheklangan bo‘lishi yoki tegishli davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
Ekoturizm yordamida sezilarli daromad ko‘rish uchun mahalliy hokimiyat organlarida mulkdorlik tuyg‘usini rivojlantirish lozim. Shuning uchun ularni barcha muhim masalalarni hal qilishga jalb qilish kerak yoki bu masalalarni ularning o‘zlari hal qilishlari lozim. Biroq, turizmni rivojlantirishga doir muhim masalalarni hal qilish yoki turistik kompaniyani aniq boshqarish to‘g‘risida gap ketganda, hozir rivojlantirish va hamkorlikka doir tashkilotlarda keng tarqalgan aloqadorlik tamoyilini amalga oshirishda har gal turizmda professional mahorat zarurligi tufayli muayyan cheklashlarga duch kelinadi. Bunda butun “sir-asror” shundaki, bir tomondan, professional konsaltingni o‘qitib- o‘rgatish, moliyaviy subsidiyani optimal joriy qilish, ikkinchi tomondan, shaxsiy tashabbus aloqadorlik hissini uyg‘otish va joylarda xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun bu aytilganlarni yaxlit holda uyg‘unlashtirish lozim. Ko‘pchilik ishtirokchilarning kuchlarini birlashtirib amalga oshiriladigan turistik loyihalar joylardagi yakka- yakka tashabbuslardan ustun qo‘yilishi zarur, shundagina maksimal ijtimoiy samara beradigan daromad darajasiga erishiladi. Biroq, samaradorlikni oshirish maqsadida qishloq ma’muriy organining sezilarli qo‘llab-quvvatlashiga suyana oladigan kichik-kichik operativ guruhlarni ham tuzish lozim. Ularni bir-birlariga qarama-qarshi qo‘ymaslik lozim. Bundan tashqari, turizmdan tushadigan daromadning ma’lum bir ulushini qishloqdagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
hisobiga ham o‘tkazish maqsadga muvofiq, chunki, mahalliy aholi ham ayrim turistik xizmatlarni ko‘rsatishi lozim. Mahalliy tashabbuslar hududiy assotsiyasini tuzish ham zarur. uning doirasida turistik bozorga olib chiqish va ijtimoiy manfaatlarni ilgari surishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish mumkin. O‘zbekiston xududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km 2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km.kv maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog‘ va noyob turlari kiruvsi xayvonlarni ko‘paytirish Respublika markazi ("Jayron", Ekomarkazi), 12186 km2 maydoni tashkil etgan 11ta davlat buyurtmaxonalari mavjud
2.2.1-jadval
O’zbekiston Respublikasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlari ro’yxati



Toifa

Muhofaza maskani

Maydoni, ga

Tashkil etilgan yil

I

II

III

IV

V







Davlat qo'riqxonalari

175536




1

Baday to'qay

Amudaryo pasttekisliklari to'qay ekotizimlari

6462

1971

2

Hisor

Hisor tizmasi tog' ekotizimlari

80986

1983

3

Zomin

Turkiston tizmasi tog' ekotizimlari

21735

1959

4

Zarafshon

Zarafshon daryosi o'rta oqimi to' qay ekotizmari

2352

1875

5

Qizilqum

Amudaryoo'rtaoqimivaqo'shnisahrolarto'qayekotizimlari

10311

1971

6

Nurota

Nurota tizmasi tog' ekotizimlari

21137

1975

7

Surxon

Qo'hitongtizmasitog' ekotizmlarivaAmudaryoo'rtaoqimito'qayekotizimlari

26895

1987

8

Kitob

Noyob geologik kon

3938

1979

9

Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'i

G'arbiy Tyanshon ekotizimi

57590

1990

10

Xalq bog'i (Zomin)

Turkiston tizmasi ekotizimi

24110

1977

Davlat tabiat yodgorliklari 3058

1

Yozyovon sahrosi

Noyob tabiiy qum massivi

1962

1994

2

Mingbuloq tumani tabiat yodgorliklari

O' simlik va hayvonot dunyosi

1000

1991

3

Chust tumani tabiat yodgorliklari

O' simlik va hayvonot dunyosi

96

1990

Manba: Jizzax viloyati hokimligi rasmiy veb sahifasi
2.2.2-jadval
Alohida tabiiy ob'ektlar va komplekslarni saqlash, ko'paytirish va tiklash
uchun hududlar



Toifa

Muhofaza maskani

Maydoni, ga

Tashkil etilgan yil

I

II

III

IV

V




Buyurtmaxonalar

1503206




1

Oqtog'

Noyob va yo'qolib borayotgan hayvon va o'simliklar

15400

1997

2

Dengizko'l

Hayvonot va o' simliklar olami

50000

1990

3

Karnabcho'l

Hayvonot va o' simliklar olami

40000

1992

4

Koraqir

Hayvonot va o' simliklar olami

30000

1992

5

Qo'shrfbot

Hayvonot va o' simliklar olami

16300

1992

6

Muborak

Noyob va yo'qolib borayotgan sut emizuvchilar va qushlar

264469

1997

7

Sarmish

Hayvonot va o' simliklar olami

5000

1997

8

Sayg'ochi

Yovvoyi hayvonlar

1000000

1997

9

Sechanko'l

Baliqlar

7037

1998

10

Sudoche

Yovvoyi hayvonlar

50000

1991

11

Xubara

Tuvaloq va uning yashash joylari

25000

1998

Manba: www.profkur.uz sahifasidan olingan ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlangan
Muhofaza etiladigan tabiiy xududlarning umumiy maydoni 20520 km2, yoki O‘zbekiston xududining 5,2 % ini tashkil etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rtasida ekoturizmning rivojlanishi uchun qulay transport - geografik arealda joylashgan, rivojlangan turli xildagi trasport hamda transport kommunikatsiya aloqa yo‘llari bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zining xalqaro turizm salohiyati bo‘yicha jahonda oldingi o‘rinlarni egallaydi.
Yuqorida qayd etilgan turistik ko‘rsatkichlar Vatanimizda ekoturizm imkoniyatlari nihoyatda katta hamda salohiyati bo‘yicha dunyo ekoturizm industriyasida yuqori o‘rinlarni egallasada, lekin amalda O‘zbekiston bu salohiyat va imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish uchun chora va tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilgan emas.



Download 120.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling