Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ekoturizmning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanish
va respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-nazariy asoslarni va amaliy tadbirlarni ishlab chiqish, bitiruv malakaviy ishining maqsadini tashkil etadi.
Shuningdek, turizm sohasini isloh qilishda ekoturizm faoliyati va uning bozorini tashkil etishni takomillashtirish, uning umumiy turizmdagi o‘rnini, aniqlash xalqaro turizm bozorida milliy turistik mahsulotlar raqobatbardoshligini va turmahsulotlar eksportini oshirishni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni zamon talablariga mos holda o‘rganib, ekoturistik faoliyatni boshqarishni takomillashtirishda ilmiy-amaliy yo‘nalishlarni ishlab chiqish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.
Qo‘yilgan maqsadga muvofiq tadqiqotda quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan:
-ekoturizm industriyasini rivojlantirishni bir butun iqtisodiy-ijtimoiy tizim sifatida o‘rganib bu jarayonga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
-ekoturizmni mahalliy uyushma (birlashma) darajasida rivojlantirish orqali mahalliy aholining ijtimoiy muhofazasini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
-ekoturizmning rivojlanish shart-sharoitlari va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini baholash;
-ekoturizmning rivojlanish strategiyasi va istiqbolini belgilashni prognozlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
-milliy davlat hududini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirishni takomillashtirish va uning istiqboldagi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti sifatida ekoturizm tizimidagi mulkchilikning shakllariga mansub korxona va tashkilotlar xususan, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, shuningdek, ekoturizmni rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa mahkama va idoralar hamda turistik tashkilotlar tanlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |