O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishning istiqbolli jabhalari mundarij a


Buxoro viloyatining imkoniyatlarini ochib beruvchi yangi marshrutlar


Download 120.08 Kb.
bet9/13
Sana23.02.2023
Hajmi120.08 Kb.
#1225273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O`zbekistonda ekolo

3.2. Buxoro viloyatining imkoniyatlarini ochib beruvchi yangi marshrutlar
Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy potentsiali nafaqat sanoat korxonalarining soni, uning maxsuloti bilan balki mamlakatning tabiati, dam olish maskanlari, tarixiy arxitektura obidalarining xolati bilan bog’liqligi so’nggi yillarda sezila boshladi. Bu esa xalq xo’jaligi tarkibida eng jadal suratlarda rivojlanib borayotgan turizm soxasining tarkibiy qismidir. Shundan bo’lsa kerak, so’nggi yillarda Butunjaxon turizmga a'zo bo’layotgan kishilar soni oldingi yillarda salkam 10%ga ortganligi, yoki 2014 yilda turistik xarakatlarga 760 mln kishini birlashtirganligi ma'lum. Bizga ma'lumki 2012 yilda Yooxannsburg shaxrida bo’lib o’tgan Barqaraor rivojlanish Butunjaxon Sammitida qabul qilingan muhim xalqaro xujjatlardan biri “Barqaror rivojlanish Butunjaxon Sammiti qarorlarini bajarish rejasi”ning 4-bo’limi 24-26 moddalarida milliy davlat chegarasida va uning tashqarisida atrof-muhitni turizm orqali muxofaza qilish masalasi ko’tarildi. Yoki “Xalqaro turizm yili”, “Xalqaro madaniy meros yili” yiliga bag’ishlangan anjuman va uchrashuvlar, Kvebek deklaratsiyasi va Butunjaxon turizm tashkilotining “Global turizm etikasi turizmning eng ommaviylashgan shakli bo’lgan ekoturizmni rag’batlantirish zarurligi ta'kidlab o’tildi va tegishli qarorlar qabul qilindi . Shunday ekan katta va boy iqtisodiy potentsialga ega bo’lgan mamlakatimizda xam bu borada sezilarli ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Sobiq ittifoq davrida mamlakatimizdagi boy tabiiy va tarixiy yodgorliklar uzoq yillar davomida nafaqat chet-ellik mexmonlarga, balki maxalliy xalq e'tiboridan chetda saqlanib kelindi. Qimmatbaxo tarixiy obidalarimiz eskilik sarqiti deb talqin qilish urf bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda olib borilgan dono siyosat tufayli, turizmning xilma-xil ko’rinishlari qatori ekologik turizm soxasi taraqqiyot yo’liga tushib borayotganligini alohida ta'kidlash lozim. Ekoturizm orqali mamlakatimizga tashrif buyurgan mexmonlar yurtimizning boy va betakror tabiati, uning xilma-xilligi, tarixiy ananalar, urf odatlar bilan tanishish jarayonida mamlakatimizda olib borilayotgan odilona siyosat, xalqimiz farovon xayoti xaqida yanada kengroq tasavvurga ega bo’ladi.
Zero mamlakatimiz o’zining turistik resurslar saloxiyoti bo’yicha Markaziy Osiyoda yetakchi o’rinlardan birini, dunyoda yuqori o’rinlarni egallagan 15 mamlakatlar orasida ekanligini ta'kidlash lozim .
Respublikamiz xududida turli tarixiy davrlarda kashf etilgan 4000 dan ortiqroq arxitektura, tarixiy va tabiiy yodgorliklar mavjud. Shuningdek, mamlakatimizning turistik jozibadorligini oshiruvchi yana bir jixati, bu uning ekzotik tabiati, boy lanshafti, xayvonot va o’simlik dunyosining rang- barangligidir. Bugungi kunda mamlakatda muxofaza olingan tabiiy xududlar ekologik turizmning asosiy bo’g’ini xisoblanadi.
Buxoro viloyati o’zining boy tabiiy va tarixiy obidalari bilan uzoq yillardan beri dunyo ahlini o’ziga jalb qilib qilayotgan ko’hna va navqiron shaxarlardan sanaladi. Viloyatning tarixiy va madaniy yodgorliklari mingdan ortiqligi adabiyotlarda qayd etiladi. Ushbu yodgorliklarning kattagina qismi YuNESKOning butundunyo madaniy va tabiiy merosi ro’yxatiga kiritilgan. Shundan bo’lsa kerak Buxoro viloyatini “osmon ostidagi muzey” shahar deb ham atashadi. Bir necha asrlardan beri Buyuk ipak yo’li utgan muqaddas Buxoro, nafaqat ilmiy-tafakkur va ma'naviyat, xunarmandchilik va savdo sotiq markazi, balki yaxshi niyatli insonlarga mexmondo’st yurt bo’lib tanildi. Viloyatga har yili uzoq va yaqin xorij mamlakatlaridan savdogarlar va tadbirkorlar, muqaddas qadamjoylarni ziyorat qilish va noyob arxitektura yodgorliklarni tomosha qilish xamda sharqning sirli tarixini o’rganish, o’ziga xos madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun ko’plab sayyohlar tashrif buyurishadi .
Viloyatda uzoq va yaqin xorijiy sayyohlarni tashrifini yanada jonlantirish maqsadida, ekoturizmning yangi yo’nalishlarini taklif etishimiz lozim. Bu borada bizning shaxsiy taklifimiz 5 kunlik sayoxat marshruti bo’lib uning boshlanishi Buxoro shahridan boshlanib (2 kun) - Jayron ekologik markazi (1kun) - Momojurgoti platosi – To’dakul suv ombori (1kun) - Kogon baliqchilik xo’jaligi - Baxoviddin Naqshband va Mirkulol qadamjoylari ziyorati (1 kun)- Buxoro shahriga yakunlanadi. Ushbu marshrutning taxlil etib chiqsak, bunda, sayyoh Buxoro shahriga kelishi bilan, shaxardagi “Labixovuz” ga yaqin mexmonxonalarning birida joylashtiriladi va kuning ikkinchi yarmidan boshlab shaxarning tarixiy yodgorliklar bilan batafsil tanishtiriladi.
Ikkinchi kunda ushbu marshrut yana davom ettirilib Sitorai Moxi Xosa saroyiga sayoxat uyushtiriladi. Kunning ikkinchi yarmida, Gijduvon shaxridagi Xo’jai Jaxon qadamjoyiga sayohat davom ettiriladi, so’ngra Kulolchilik ustaxonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtiriladi. Kun oxirida Buxoro shaxriga mexmonxonada dam olishadi.
Uchinchi kunda sayohat “Jayron”ekomarkazida olib boriladi. Kun davomida markazdagi Prejvalskiy oti, Turkman kuloni, jayron, Buxoro bug’usi, Buxoro quyi, burama shoxli echki kabi nodir xayvonlarning ekologiyasiga doir kuzatuvlar olib boriladi. Agar zaruriyat bo’lsa, shu kabi kuzatuvlarni ekomarkazdagi suvliklar tevaragida ixtiologik yoki ornitologik tadqiqotlarga bag’ishlashimiz mumkin. Chunonchi ushbu suvliklarda baliqlardan katta va kichik kurakburun, qushlardan oqqush, marmar o’rdak, torgok kabi nodir turlar uchraydi. Kechga yaqin ekomarkaz xudududidagi mexmonxonada tunab ertasi kuni sayoxat davom ettiriladi.
Sayohatning to`rtinchi kunida Amu-Buxoro kanali yoqalab shakllangan toqayzor va barxanlardagi o`simlik va hayvonot olami vakillarini xilma- xilligi bilan tanishib chiqiladi. Kechga qarab To`dakul suv ombori yaqinida tashkil etilgan “Lazurniy” mexmonxonasida dam olishadi.
Beshinchi kuni suv ombor bo’ylab ekologik sayoxat davom ettiriladi. Suv omborning sharqiy qismida ornitologik kuzatuvlar olib boriladi, qarmoqda baliq ovlash tashkil etiladi. Kechda ushbu mexmonxonada dam olib, ertasi kuni Kogon baliqchilik xo’jaligida ornitologik kuzatuvlar tashkil etiladi. Va kunning ikkinchi yarmida “Baxovaddin Naqshband va Mirkulol” qadamjoylariga ziyoratda bo’lib, kechga yaqin Buxoro shaxriga qaytishadi .
Xuddi shunday yana bir ekoturistik marshrut yo’nalishi sifatida viloyatning muhim ornitologik xududlarini taklif etamiz. Bunda viloyat xududida faoliyat olib borilayotgan 9 ta ornitologik nuqta nazarda tutilgan. Bular 1.Jayron ekologik markazi - 2.Xadicha va Zikri ko’llari-Z.Dengizko’l ko’li-4.Xujadavlat- 5. Vardonze tabiiy yodgorligi- 6Dorakir ko’li- 7. Kogon baliqchilik xo’jaligi- 8.Tudako’l suv ombori- 9.Sandiqli cho’li kabi nuqtalarni tavsiya etish mumkin. Ushbu nuqtalar nafaqat maxalliy xududning tabiati va uning xilma-xilligi balki xududda uchrovchi Respubikamiz va Xalqaro “qizil kitobi”ga kiritilgan qushlarning, bir qator kam sonli va nodir xayvon turlarining ekologiyasiga doir ma'lumotlar yig’ish uchun eng qulay joy sanaladi .
Shu tariqa sayyoh, ushbu marshrut orqali viloyatning o’simlik va xayvonot olamining xilma-xilligi bilan tanishib chiqish orqali tarixiy ansamblarning qurilishi bilan tanishib chiqadi.
Yuqorida qayd etilganidek, viloyatimiz tabiati juda serqirra imkoniyatlarga ega. Biz tavsiya etmoqchi bo’layotgan yana bir ekoturistik yo’nalish bu viloyatimizning shifobaxsh maskanlari sanaladi. Chunki ushbu yo’nalishlar bir-biridan birmuncha uzoq masofada joylashganligi, maskanlarga boradigan yo’llarning xalqaro andozalarga to’liq javob bermasligi, ushbu maskanlar tevaragida turli serviz- xizmat imkoniyatlarining xozircha yuqori darajada tashkil etilmagan. Bunday nuqtalor sifatida Xo’jjaubbon qadamjoyi – Xo’jjazafaron qadamjoylari - Buxoro tumanidagi Issiq suvi –og’itma ko’li yaqinidagi Issiq suv - Olot tumanidagi qum va tuz ko’llari. Shuni ham ta'kidlash lozimki, ushbu imkonitlarning ko’pchiligi xozirgi kunda maxalliy aholi tomonidan foydalanilib kelinmoqda, ammo ushbu joylarga tashrif buyuruvchilarning dam olish imkoniyatlarini yanada yaxshilab, turli serviz-xizmatlarini turli ko’rinishlarini tashkil etish orqali chet -ellik sayyohlarni ushbu soxada jalb etishga erishilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu kabi sayoxat marshrutlarini viloyatning shimoliy yo’nalishida qizilqum qo’riqxonasiga xam tashkil etishimiz mumkin .
Xulosa qilib aytganda, viloyatimiz tabiyati sayyohni qiziqtira oladigan darajadagi imkoniyatlarga ega. Biz ushbu imkoniyatlardan oqilona foydadanishga xar birimiz faol ishtirok etishimiz lozim.



Download 120.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling