- Germaniyaning Drezden shahrida joriy yilning 6-martida jamg‘armaning Germaniyadagi vakolatxonasi tomonidan Saksoniya iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Tyuringiya va Saksoniya Savdo-sanoat palatalari hamkorligida “O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzuida seminar tashkil etildi. Unda Germaniyaning O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik o‘rnatish istagida bo‘lgan qirqdan ziyod korxona vakillari ishtirok etdi.
- Germaniyalik ishbilarmonlarning O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda, – dedi Saksoniyaning iqtisodiyotga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i Peter Notnagel. – O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, ayniqsa, savdo va iqtisodiyotda ulkan salohiyatga ega mamlakat.
- Biz savdo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, texnika va texnologiyalar sohasida uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatishga tayyormiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining eksportoldi moliyalashtirish va ishonchli hamkor topish bo‘yicha xizmatlari bizda katta qiziqish uyg‘otdi.
- Mazkur jamg‘armaning Germaniyadagi vakolatxonasi bilan Germaniya bozoriga ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish istagidamiz.
Bugungi kunda jamg‘arma tomonidan joriy yilning 19-21-aprel kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan “InterFood” xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasida tadbirkorlarimizning ishtirokini ta’minlash ishlari olib borilmoqda. - Mamlakatimizdagi har bir hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ta’sischiligida 85 agrofirma tashkil etilgan.
- O‘tgan davrda mazkur agrofirmalar tomonidan qariyb 130 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |