O'zbekistonda eksport salohiyatini oshirish yo'llari


Download 1.56 Mb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.56 Mb.
#1009688
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonda eksport salohiyatini oshirish yo\'llari 1

  • O‘zbekistonda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
  • Jamg‘arma tomonidan 2017-yilda 374 million dollarlik 776 loyihani amalga oshirish maqsadida tadbirkorlarimizga biznes-reja va boshqa hujjatlarni tayyorlash va bankka topshirishda ko‘maklashish rejalashtirilgan. Yanvar-mart oylarida 12 million 642 ming dollarlik va 35 milliard 579 million so‘mlik 63 loyiha moliyalashtirildi. 
  • O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida jamg‘arma tomonidan joriy yil 3-8-mart kunlari “Daejin Chemical” korxonasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi. “Daejin Chemical” va “Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida mazkur zonada kosmetika vositalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hamda bu mahsulotlarni MDH davlatlari bozorlariga eksport qilishni nazarda tutuvchi Anglashuv memorandumi imzolandi. 
    • Birinchi Prezidentimizning 2016-yil 16-martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan jamg‘arma Rossiya, Koreya Respublikasi, Italiya, Bolgariya, Shveytsariya, Germaniya va Ispaniyada o‘z vakolatxonalarini ochgan.
    • Ularning asosiy vazifasi marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, xaridorlar topish, mahalliy brendlarning ushbu mamlakatlarda reklamasini ta’minlash, ko‘rgazma, yarmarka, tender savdolari va boshqa tadbirlarda tadbirkorlarning ishtirokini tashkillashtirish, O‘zbekistonga xorijiy importyorlarning tashrifini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikat va litsenziyalarni olishda ko‘maklashishdan iboratdir.
  • Bir so‘z bilan aytganda, jamg‘arma tadbirkorlarni tashqi bozor xatarlaridan ishonchli himoyalash, mahsulot turlarini tahlil etish, ularning tashqi bozordagi raqobatbardoshlik darajasini aniqlash va oshirish, xorijdan ishonchli hamkorlar topish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga kamarbastadir. 

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling