O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


Muhokama va muammolarga yechim va takliflar


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1143587
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduxakim Ne’matov

Muhokama va muammolarga yechim va takliflar 
136
РОЛЬ И МЕСТО СЕМЬИ В ОБЩЕСТВЕ И ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПРОГРАММА ДЛЯ ЕЕ СОХРАНЕНИЯ Г.К.Кулдышева , д-р 
юрид. наук, профессор Ш.И. Мадышева 
137
Ольга Александровна Рузакова Семейное право. Учебник ст.5 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
1174 
Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, globalizatsiya davridagi integratsiyalashuv 
protsessi, urbanizatsiya,migratsiya aktlari va boshqa bir qancha sabablar tabiiyki 
dunyo mamlakatlaridagi ajnabiy fuqarolarning mamlakat hududidagi turli xil ijtimoiy 
jabhalarda faol aktor sifatida ishtirok etishiga olib kelmoqda. Ajnabiy fuqarolar, 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, qochoqlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi faol aloqalar 
mehnat, madaniyat, ta’lim, sport, oila va boshqa munosabatlarida o‘z aksini topmoqda .
Hech kimga sir emaski , hozirgi kunda chet el fuqarolari va muayyan mamlakat 
fuqarosi o‘rtasidagi oilaviy-huquqiy munosabatga kirishish holatlari ko‘p 
kuzatilmoqda. Buning bir vaqtning o‘zida ham ijobiy, ham salbiy oqibatlar keltirib 
chiqarayotganini ham guvohi bo‘lmoqdamiz . Mana shunday holatlarning ko‘p 
kuzatilayotganligi xalqaro xususiy huquqdagi oilaviy-huquqiy munosabatlarda ko‘plab 
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xalqaro xususiy huquqda vujudga kelayotgan 
oilaviy-huquqiy munosabatlardagi muammolar nafaqat qonunni qo‘llash va nizolarni 
hal qilish amaliyotda, balki oilaviy-huquqiy munosabatlarning ilmiy-doktrinal 
sohalarida ham ko‘zga ko‘rinmoqda. Hozirigi kunda olimlar o‘rtasida oilaviy 
munosabatlarning xalqaro xususiy huquq predmetiga mansubligi to‘g‘risida bugungi 
kungacha fanda yagona yakdil fikr mavjud emas
138
. Xalqaro xususiy huquq fani 
predmeti haqidagi ta’limotlar uni tor va keng ma’noda ko‘rib chiqadi. Xalqaro xususiy 
huquq fanining keng talqindagi tushunchasiga ko‘ra xalqaro xususiy huquq tizimiga 
nafaqat sof fuqarolik-huquqiy institutlarni, balki xususiylik xususiyatiga ega boʻlgan 
boshqa 
huquq 
sohalari, 
jumladan, 
oilaviy 
huquq 
institutlarini 
ham 
integratsiyalashuvini oʻz ichiga oladi. Bugungi kunda ko‘pchilik olimlar bu 
konsepsiyani qo‘llab-quvvatlamoqda va ushbu g‘oyaning yetakchi namoyondalari 
sifatida G.K.Dmitrieva, V.P.Zvekov va boshqa bir qator olimlarni keltirishimiz mumkin. 
Shu bilan birga, boshqa olimlar o‘z asarlarida xalqaro xususiy huquq subyektining 
fuqarolik-huquqiy tabiati unga oila yoki mehnatning turdosh toifalarini kiritishga 
imkon bermaydi degan fikrni asoslaydilar. Ular tomonidan olg‘a surilayotgan fikrga 
ko‘ra, ular tor ma’nodagi tushuncha tarafdorlari ekanliklarini, ya’ni oilaviy-huquqiy 
munosabatlarning shaxsiy individlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi 
(xususiylik xususiyati) uni xalqaro xususiy huquq sohasiga kiritishga sabab bo‘la 
olmasligini ta’kidlaydilar. Hozirgi kunda koʻpgina davlatlar oilaviy huquqni fuqarolik 
huquqidan ajratib, uni mustaqil huquq sohasi sifatida ajratib koʻrsatadilar (Lotin 
Amerikasi, Sharqiy Yevropa, Jazoir, Rossiya). Kontinental Yevropa mamlakatlarida 
oilaviy va nikoh munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy manbalar fuqarolik 
kodekslarining maxsus bo‘limlari (Shveysariya, Italiya, Germaniya), ayrim 
mamlakatlarda esa oila va nikoh to‘g‘risidagi maxsus qonunlar hisoblanadi. Oila va 
138

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling