O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1755560
1   2   3   4
Bog'liq
Rustamova Maftuna Majitali qizi (1)

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
640 
Kuydurmasun elni oh nogoh! 
Koʻrinadiki, Bobur hayotidagi turli qiyinchiliklar, qarama-qarshiliklar, garchi u 
zakovat bobida ham munosib tarbiya koʻrgan boʻlsa-da, uning aql charxini yanada 
oʻtkirlab, donishmandga aylantirdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, uning koʻpgina 
gʻazallarida faylasufona ruh yaqqol namoyon boʻladi: 
Ulusning taʼnu taʼrifi manga, Bobur, barobardir, 
Bu olamda oʻzumni chun yamon – yaxshidin oʻtkardim. 
U Movarounnahrni tark etgach, ijodida Vatan motivi yanada kuchaydi, alohida 
hasratli mazmun kasb etdi. Endilikda vatan tushunchasi ham, gʻurbat va gʻariblik 
tushunchalari ham kengayadi. Shoirga ona yurtda qolgan doʻst-u yor, xesh-u aqrabolar 
va, hatto, tugʻilgan oʻlka tabiati, noz-u neʼmatlari Vatanni eslatadi, uning bir boʻlagi 
sifatida sogʻinch bilan orzu etiladi, ardoqlanadi: 
Qovun birla uzumning hajrida koʻnglimda gʻam har su, 
Oqar suvning firoqidin koʻzimdin har dam oqar suv. 
Maʼlumki, Bobur adolatli podshoh sifatida, hukmron boʻlgan yurtlarda ham 
adolatli siyosat yuritdi. Xalqni maʼrifatga, bunyodkorlikka chorladi. Maʼnaviy hayotga 
salbiy taʼsir etuvchi omillardan voz kechib, jamiyat hayotida ularni taʼqiqlab qoʻydi. 
Hind xalqi hayoti va madaniyatining gullab-yashnashiga yuksak hissa qoʻshdi. Oʻzining 
ilm-u irfoni bilan maʼrifatni yanada rivojlantirdi. Ammo umr boʻyi uning xayolini Vatan, 
unga boʻlgan intilish band etdi: 
Ne yerda boʻlsang, ey gul andadur chun joni Boburning, 
Gʻaribingʻa tarahhum aylagilkim, andijoniydir
Demak, Bobur ijodida vatan motivi gʻoyat yuksak ahamiyat kasb etadi. Zero, u 
oʻzga yurtda oshyon qurgan boʻlsa-da, oʻz yurtini, oʻzligini unutmagan chin oʻzbek 
farzandidir. Boshqa bir joyda o’z vatanini ba`zan sevikli yorga, ba’zan xitoy sanamiga, 
ba’zan uning xushqomatini sarv daraxtiga o’xshatadi va unga murojaat qilib shoir 
shunday deydi: 
G’urbatga soldi charx meni yuz jafo bila, 
Yod aylamayin g’aribni gohi duo bila. 
Behad vafou mehr sanga ko’rsatib edim, 
Sen ham sog’ing’asen mehru vafo bila. 
Chun qildi meni ul buti chin zoru mubtalo, 
Ishim mening qolibturur emdi xudo bila. 
Ko’rmon farahni bir dam agar andin ayrumen, 
Bilmon alamni bormen aning birla to bila. 
Ul sarvg’a karam qilibon yetkur, ey sabo, 
Bobur niyozini yer o’pub xo’b ado bila. 
Boburning vatanga bo’lgan muhabbati cheksiz edi.. Bu muhabbatda Iztirob, 
sog’inch,alam, o’kinch, qaytish orzusi mujassam edi. Boburning vatanga bo’lgan 
muhabbati uni jozibali qilib ko’rsatadi. 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling