O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Rustamova Maftuna Majitali qizi (1)
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 8- SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022 641 Bobur she`riyatimizdagi an`anaviy badiiy obrazlar qatoriga yangi obrazlar qo`shdiki, uning ijodidagi ana shu jihatlarni yoritish hammavaqt dolzarblik kasb etadi. Shoh va qul, Vatan va sog`inch, saltanat va faqirlik, g`oliblik va mag`lublik, yaxshilik va hurramlik kabi poetik obrazlar Bobur ijodida yuksak darajada ifodalangan obraz hamda tushunchalardir. Garchi Boburgacha bu obraz va timsollarningelementar ko`rinishlari mavjud bo`lgan bo`lsa-da, Bobur ularni haddi a`losiga yetkazdi. U adabiyotimizga real va konkret Vatan obrazini olib kirdi. To`g`ri, o`zbek she`riyatida Boburgacha ham Vatan timsoli bore di. Biroq agar salaflar ijodida Vatan tushunchasi umuman tiriklik, istiqomat qilish, ro`zg`or tushunchalrini ifodalagan bo`lsa, Bobur Vatan deganda, faqat Samarqand yoki Andijonni emas, umuman Turkistonni tushundi. O`z asarlarida uning portretini suratladi, pirovard natijada, Vatanning badiiy obrazini yaratdi. Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi, Shod etmas emish ko`ngulni menatda kishi, Ko`nglum bu g`ariblikda shod o`lmaydi, oh, G`urbatda sevunmash emish, albatta, kishi, deydi Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobur idrokida diyoru yor tushunchalari o`zaro qorishib ketadi: Ko`pdin berikim, yoru diyorim yo`qtur, Bir lahzayu bir nafas qarorim yo`qtur. Vatandan judo bo`lgach, uning obrazi endi shoir she`rlarida sog`inch mazmuni orqali o`z ifodasini topadi: Kabutar, eltasen xattim, ne bo`lg`ay gar qabul etsang, Ko`ngulni bog`lasam ul noma yanglig` parru bolingg`a. Yoki: Qovun birla uzumning hajrida koʻnglimda gʻam har su, Oqar suvning firoqidin koʻzimdin har dam oqar suv. Shoir Vatandan judolikka chiday olmaydi, ko`nika olmaydi, bir kuni yana Vatanga qaytishiga ishonadi. O`z yerini qo`yib Hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi. Zahiriddin Muhammad Biburning “Boburnoma” asaridagi o`nlab qaydlarda ham Vaan timsoli gavdalanadi: Barmoqqa ne maskan muyassar, Turmoqqa ne davlat muqarrar. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling