O‘zbekistonda franchayzing. Bu nima uchun kerak va uning afzalliklari nimada?


Download 0.61 Mb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1599749
1   2   3
Bog'liq
Franchayzing

Shuningdek, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari har doim talabga ega bo‘lib kelgan, chunki ular shundoq ham o‘rta va yirik biznes toifasiga kiradi. Biroq, ularning yaratilishi katta hajmdagi resurslarni talab qiladi va ularni sotib olish arzon bo‘lmaydi. Lekin ular kelgusi yillar davomida ikkala tomonni ham yuqori daromad bilan ta’minlashi mumkin.

AFZALLIKLAR VA XAVFLAR

  • Franchayzingni tizimlashtirish, takomillashtirish va rivojlantirishning haqiqiy vositasi deb hisoblayman. To‘g‘ri rejalashtirilgan franchayzing orqali ikkala tomon ham hamkorlikdan yakka holda biznes yuritgandan ko‘ra bir necha baravar ko‘proq foyda ko‘radi.
  • Shunda birinchi tomon sezilarli investitsiyalarsiz bozor ulushini tezroq egallashi, daromadlarni oshirishi, shuningdek, chekka hududlargacha kengayishi mumkin.
  • Xaridorlar yangi joy tanlash, resurslarni tejash, tajribali hamkor tomonidan qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalar va yangi texnologiyalardan foydalanish, xavflarni diversifikatsiya qilish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

Bu yerda dolzarbligi, foydalari va afzalliklariga qaramay, quyidagi xavflar mavjudligini ham tushunish kerak:

  • Bu yerda dolzarbligi, foydalari va afzalliklariga qaramay, quyidagi xavflar mavjudligini ham tushunish kerak:
  • mahsulotning bozor manfaatlariga mos kelmasligi;
  • hududning samarasiz rivojlanishi;
  • murakkab tarmoqlarni boshqarish bo‘yicha tajribaning yetishmasligi;
  • past sifatli franchayzing tufayli obro‘ning yo‘qolishi;
  • franshizaning yo‘qotishlari tufayli raqobatbardoshlikni yo‘qotish;
  • maxsus uslubning aralashib ketishi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

http://uz.wikipedia.org

https://www.spot.uz/oz/2023/05/13/crocs/

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling