O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari maxalliy o’zini o’zi boshqarish Savollarga javoblar: O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutining shakllanishi va rivojlanishi
Download 29.73 Kb.
|
11-Mavzu O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shaklla
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.Demokratik institutlarning shakllanishi
7.O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutining shakllanishi va rivojlanishi
Konstitutsiyamizning uchinchi bo‘limidagi XIII bob “Jamoat birlashmalari” deb nomlanadi. Mazkur bobdagi moddalar fuqarolik jamiyatining an’analarini tiklash, jamoat birlashmalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish, ularning real va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidalardan tashkil topgan. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ularning davlat bilan o‘zaro hamkorligi tamoyillari belgilangan. Ana shu konstitutsiyaviy normalarni amalda qo‘llash maqsadida “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”, yangi tahrirda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”, shuningdek, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. 8.Demokratik institutlarning shakllanishi Demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan hozirgi sharoitda fuqarolarning jamiyatni boshqarishda ishtirok etishi turli yo‘nalishlarda kengayib bormoqda. Bular, a) mehnat jamoalarida (mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar); b) noishlab chiqarish sohalarida; v) ta’limtarbiya maskanlarida; g) mahallalarda; d) mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralariga saylanish va uning kengashlari orqali: e) turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar yoki harakatlar; yo) jamiyatda mavjud boshqa turli xil nosiyosiy institutlar orqali jamiyatni boshqarish jarayonlarida ishtirok etadi. Bular bilan fuqarolar umumdavlat, viloyat, tuman yoki qishloq darajasida jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti orqali turli insonlar, ijtimoiy-siyosiy guruhlar faoliyati bilan bog‘lanadilar. Boshqarishda u yoki bu darajada ishtirok etadilar. Bunda ular o‘z shaxsiy huquqlarini boshqa shaxslar huquq va erkinliklari bilan uyg‘un holda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, uni anglab etadilar. SHaxslar jamiyatni boshqarishda ishtirok etar ekan, o‘z huquqlarini boshqa shaxslar huquqlariga zid holda emas, aksincha konsensus holatida bo‘lish muhim ekanligini bu jamiyatni boshqarishning demokratik tamoyillar bilan mos tushushini to‘la hisobga olishga karatilgan siyosiy madaniyatga ega bo‘lib boradilar. Bu umumdemokratik rivojlanish qonunlari bilan mos tushadi. Fuqarolarning demokratik jarayonlarda ishtiroki bu qotib qolgan, o‘zgarmaydigan bir holat emas. U doimo rivojlanishga moyil va barcha fuqarolar orasida o‘zaro hamkorlik, kelishuv va o‘zaro ixtilofli holatlar sodir bo‘lganda sabr-qanoatli bo‘lib, ma’rifiylikni talab etadi. SHuning uchun ham fuqarolarning jamiyatni boshqarishdagi foaliyatlari, uning demokratik jihatlari insonning tabiati bilan, turli xil moyillik xususiyatlaridan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Jamiyatni boshqarishda fuqarolarning ishtiroki ulardan yuqori darajada fuqarolik madaniyati bo‘lishni ham taqazo etadi. Fuqarolik madaniyati qancha yuqori bo‘lsa, jamiyatda demokratik jarayonlar shuncha rivoj topib boradi. SHuning uchun huquqiy demokratik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekiston, fuqarolarning siyosiy ong va madaniyatini oshirishni ham ustuvor vazifa qilib qo‘yadi. YUksak ma’naviyatga, demokratik jamiyat qurilishining muhim omili sifatida qaraydi.Fuqarolar o‘zlarida yuksak madaniyatni shakllantirib, demokratiya ishiga katta ma’suliyat bilan yondoshib, o‘z erki va ozodliklariga yanada ma’suliyat bilan yondoshish zarurligini chuqurroq anglab etmoqdalar. Download 29.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling