O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari maxalliy o’zini o’zi boshqarish Savollarga javoblar: O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi
O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi
Download 29.73 Kb.
|
11-Mavzu O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shaklla
6.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi
Hozirgi davrga kelib, O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1991yil fevralda qabul qilingan, 1997 y. aprelda esa qo’shimcha va o’zgarishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y.,iyul), O’zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996 y., dekabr), O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi. Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a'zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi» («Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga shar?lar. –T.: 2002, 14-bet.). O’zbekistonda amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlariga quyidagi huquqlar berilgan: -o’z a'zolari va qatnashchilarining huquklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; -ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish; -davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining karorlarini ishlab chiqishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; -o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish; -ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; -ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; -o’z ramziy belgilarini ta'sis etish; -o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferentsiyalar o’tkazish; -qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish. Download 29.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling