O‘zbekistonda gidrotexnika kurilishining ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja
Gidrotexnika qurilishida texnik me’yorlash. Me’yoriy xujjatlar, ularni tuzish va ulardan foydalanish qoidalari
Download 45.25 Kb.
|
1-маъруза lotin
4. Gidrotexnika qurilishida texnik me’yorlash. Me’yoriy xujjatlar, ularni tuzish va ulardan foydalanish qoidalari.
Me’yor – bu mehnat xavfsizligini ta’minlagan, sanitar – gigienik talablarni qanoatlantirgan holda bir birlik miqdorda ish bajarish yoki birlik sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt yoki resurslar (materiallar, energiya, suv, mehnat sarfi va boshqa) miqdoriga aytiladi. Fan va texnika taraqqiyoti hamda muayyan jamiyatdagi ishlab chiqarishni rivojlanishi me’yorlarni ham takomillashtirishni taqozo etadi. Me’yorlarni ishlab chiqish bilan maxsus tashkilotlar, masalan “O‘zbekiston Respublikasi arxitektura qurilish, qurilishni tashkil qilish va iqtisodiyot boshqarmasi”, “O‘zshaxarsozlik LITI” va boshqalar shug‘ullanadilar. Qurilish amaliyotida texnik me’yorlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: vaqt me’yori, mehnat sarfi, yarim fabrikatlar, johozlar, energomanbalar (elektrenergiyasi, suv, bug‘, siqilgan havo va boshqalar). Vaqt me’yori (Nv.m) – bu ma’lum mutaxassis yoki ishchi tomonidan ishni tashkil etishni va texnikani zamonaviy darajasiga to‘g‘ri keladigan darajada ish qurollari va uslublarini qo‘llab birlik miqdorda sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki birlik miqdorda ish hajmini bajarishdir. Vaqt me’yori vaqt o‘lchov birligida, masalan min, soat, smena, oy va shu kabilarda o‘lchanadi. Mehnat sarfi me’yori (Nm.s) – bu me’yor mehnat talablik yoki birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat sarfi miqdoridir. U kishi – soatda o‘lchanadi. Bu “Birlik me’yorlar va baholar” da vaqt me’yori, mehnat sarfi me’yorlari bilan belgilanishi qabul qilingan. Ma’lum ishlar ishchilar (zveno) tomonidan bajariladi. Bunday holatlar “Birlik me’yorlar va baholar”da umumiy ya’ni zvenodagi ishchilar mehnati sarflarining yig‘indisi shaklida qabul qilingan. Bunda ishni yoki qurilishni bajarish uchun kalendar vaqt me’yordagi miqdorni ishchilar soniga bo‘lish bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish me’yori (Ni/ch) – bu vaqt birligida ma’lum mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan ishchi yoki ishchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi yoki mahsulot miqdoridir. U vaqt birligida o‘lchanadi. Uni kerakli tashkilotlar tegishli loyiha va ilmiy tadqiqot institutlarini jalb etgan holda ishlab chiqadi. Unumdorlik me’yori (Pu) - bu mashina yoki mexanizm yordamida vaqt birligi ichida bajarish kerak bo‘lgan ish hajmi yoki mahsulot miqdoridir. U ham vaqt birligida o‘lchanadi, masalan soatda, oyda va boshqalar. Ishlab chiqarish me’yori va vaqt me’yori o‘rtasida teskari proporsional bog‘lanish bor, ya’ni Ni/ch=1/Nv.m (1) Mashina vaqti me’yori (Nv.m) – bu bir birlikdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki birlik hajmdagi ishni bajarish uchun mashina tomonidan sarflanadigan vaqt miqdoridir. Mashina vaqti soat yoki smenada ifodalanadi. Agar mashinaga bir necha kishidan iborat zveno xizmat ko‘rsatsa, u holda mashina vaqti bilan ishchilar vaqti orasida quyidagi bog‘liqlik bor: Vaqt me’yori = Mashina vaqti me’yori x zvenodagi ishchilari soni. Material sarfi me’yori (Qm.s) – bu bir birlik hajmdagi ishni bajarish yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar (energiya, material, suv va boshqalar) miqdoridir. Download 45.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling