O‘zbekistonda gidrotexnika kurilishining ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja
Gidrotexnika qurilishida er-qoya ishlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 45.25 Kb.
|
1-маъруза lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilishda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot.
Gidrotexnika qurilishida er-qoya ishlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Er-qoya ishlari deganda, er qazish, transport va yordamchi mashinalar va mexanizmlar komplekti bilan amalga oshiriladigan gruntlarni qazish, transportda tashish va uyumga to‘plash yoki sifatli to‘kish ishlarining majmui tushuniladi. Gidrotexnika qurilishida tuproq ishlari quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1) ommaviylik. Bu xususiyat qurilish maydonchasi mexanizmlarga boy bo‘lgan sharoitda tuproq ishlari o‘ta faol va qizg‘in amalga oshirilishini belgilaydi; 2) ishlar frontining cheklanganligi. O‘yilgan joylar rejada murakkab shakl va xar xil chuqurlikka ega bo‘ladiki, bu ish joyini tashkil etish, gruntni qazish va tashish ishlarini qiyinlashtiradi; 3) mexanizatsiyalashtirish darajasining yuqoriligi (taxminan 98%); 4) geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarning og‘irligi. Bu shart-sharoitlar qazilmalar chuqurlashishi bilan o‘zgaradi, bu esa ishlar va mexanizatsiyani o‘zgartirishni taqozo etadi; 5) tuproqdan qurilayotgan inshootlarning sifatiga yuksak talablar qo‘yilishi; 6) ba’zan to‘siqlar ortida qazilmaga sizot suvlar muttasil oqib turgan sharoitda amalga oshirilishi. Bu suv ancha qimmat turadigan suv chiqarish ishlarini amalga oshirishni talab qiladi; 7) joylashtirilishi; 8) tuproq massalarining muvozanatiga erishish zarurligi. Qurilishda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot. Qurilish ishlab chiqarishida mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE) ning tub mohiyati ishchi kuchi, mehnat vositalari va texnologiyalarini fan, texnika va ishlab chiqarishning ilg‘or tajribalarini ishlab chiqarishda ish unumdorligini oshirishni ta’minlash uchun foydalanishda samarali o‘zaro muvofiqlashtirish va uni hayotiy zaruriyatga aylantirishdir. MITE prinsipi. MITE fan va texnika yutuqlarini va ishlab chiqarishning ilg‘or tajribalarini ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘in va elementlariga joriy etish uning asosiy prinsipi hisoblanadi. Bunga mehnatni, ishni va qurilishni tashkiliy bo‘g‘inlari kiradi. MITE ning natijaviy maqsadi insonning yashash farovonligini yaxshilashdir. SHu maqsadga erishish uchun MITEning vazifalarini to‘rt guruxga bo‘linadi: iqtisodiy, sanitar-gigienik va ruxiy fiziologik, ilmiy va tashkiliy vazifalardir. MITEning iqtisodiy vazifasi ishlab chiqarishda material, mehnat va pul mablag‘laridan har tomonlama tejamli va unumli foydalanib natijada ishlab chiqarishning samaradorligini va sifatini oshirishdir. MITEning sanitar-gigienik va ruhiy psixiologik vazifalari insonning ishlashi va yashashi uchun mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ish qobiliyatini butun ish vaqtida saqlashni ta’minlash va oxir natijada ishning yuqori sifatli bo‘lishini va ish unumdorlikka zaruriy asosni yaratishdir. MITEning ijtimoiy vazifasi mehnat jamoasida mehnatga ongli yondashish, jamoa a’zolari o‘rtisida o‘rtoqlarcha yaxshi muhitni yaratish, ijodiy mehnatni rivojlantirish uchun sharoit yaratishdir. MITEning tashkiliy vazifalariga mehnatni tashkil etish va qurilish ishlab chiqarishining darajasini ilg‘or loyihalarni joriy etish, ish joylarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish va me’yorlash hamda ishdagi yo‘qotishlarni, ma’romlarni, kadrlar qo‘nimsizligini yaxshilash uchun tashkiliy yo‘llarni tadqiqot qilish kiradi. Qurilish bo‘linmalarida MITE bo‘yicha tashkiliy tadbirlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: ish joyini tashkil etishni takomillashtirish va xizmat ko‘rsatish, mehnatni taqsimlash, ilg‘or mehnat usullari va uslublarini tadbiq etish, me’yorlashni va ish haqi to‘lashni takomillashtirish, moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlashning ratsional uslub va shakllarini tadbiq etish, ish unumdorligini oshirish, intizomni mustahkamlash, ishchilarning madaniyatini va malakasini oshirish, mehnat sharoitini yaxshilash. Ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha echimlar yo‘nalishlari etarlicha keng va ko‘pdir. Download 45.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling