O‘zbekistonda gidrotexnika kurilishining ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja


Download 45.25 Kb.
bet1/7
Sana24.03.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1291738
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маъруза lotin


1-ma’ruza. O‘zbekistonda gidrotexnika kurilishining ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari.
Reja

  1. Gidrotexnik qurilish ishlarini tashkil qilish va bajarish texnologiyalari to‘g‘risida umumiy malumotlar.

  2. Bajariladigan ishlarning asosiy turlari, ishlatiladigan qurilish materiallari.

  3. Qurilish va tamirlash ishlarini bajarishda asosiy manbalar. Texnik me’yorlashning vazifalari. Asosiy me’yoriy hujjatlar turlari.

Kalitli so‘zlar: gidrotexnika ob’ektlari qurilishi, rekonstruksiya ta’mirlash-tiklash, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, me’yoriy hujjatlar.
Qo‘llaniladigan ta’lim vositalari: matnli, tasvirli, audiovizuval, texnik.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Ko‘rgazmali ma’ruza, aqliy hujum, muammoli vaziyat
Adabiyotlar: A 2-7, Q12-13, Q 20-23 int. sayt.24-30.
1. Gidrotexnik qurilish ishlarini tashkil qilish va bajarish texnologiyalari to‘g‘risida umumiy malumotlar.

O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan O‘zbekiston xalqlari suv xo‘jaligini boshqaruvi bo‘yicha tarixiy tajribaga ega. Tarixiy manbalar va arxialogik tadqiqotlar O‘rta Osiyoda suv xo‘jaligining rivojlanishini, suv resurslarini boshqarishni eramizdan olidingi 3000-2500 yillarga bog‘lanadi. “O‘zbekiston Irrigatsiyasi” to‘plamida Samarqand viloyatida xozirgacha xarobalari saqlanib qolgan Xonbandi (XIasr), Abdullaxonbandi (XVIasr), Zarafshon daryosidagi suv ayirgich inshooti (XVIIasr)ning saqlanib qolgan qismlari ota bobolarimizning yuksak aql zakovatli va yuqori tajribali ekanliklaridan dalolat beradi. Buyuk shoir Alisher Navoiy o‘zining “Farxod va SHirin” dostonida suv chiqarish masalasini xalqning asriy orzusi deb yozgan bo‘lsa SHox Bobur avlodaliri 1587 yili Xindistondagi Qizil qal’a saroyida chuqurligi 145m bo‘lgan ichimlik suvi qudug‘ini qurdirgan va u xozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Davlat iqtisodini boshqarishda daryodagi suv satxini o‘zgarishi o‘lchov qilib belgilangan. Bunga buyuk vatandoshimiz Ahmat al Farg‘oniy asos solgan. Uningishlanmasi byicha Nil daryosiga qurgan suv o‘lchash inshooti 1150 yildan oshiq ishlayotganligini ko‘rsatish mumkin. Suv ilmiga katta etibor berilgan. Suv oqimini rostlash, taqsimlash, daryo o‘zanini mustaxkamlash va boshqa shunga o‘xshash inshootlarni qurishda “to‘g‘onchilar” va shunga o‘xshash nomlar bilan ataluvchi, maxsus tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar ishlagan. O‘tmishda kadrlar masalasiga adolatli yondashishgan. Ariq mirobi, oqsoqoli va shu kabi lavozimlar mavjud bo‘lganki, ularni xalqning o‘zi tajribali va bilimdon kishilardan saylashgan. Magistral kanallar oqsoqollarini davlat vakolatli organlari tomonidan tayinlaganlar (XIXasr), ularning xuquq va majburiyatlari hamda vazifalari belgilangan.


O‘zbekistondagi gidrotexnika inshootlari har 100 ga sug‘oriladigan maydonga 2 dona to‘g‘ri keladi. Respublikada 50 tadan oshiq suv omborlari va seldan saqlash inshootlari ekspulatatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda suv omborlari qurilish va rekanstruksiya ishlari ham amalga oshirilmoqda. Sohaga etuk va malakali kadrlar etishtirib berish davlat ahamiyatidagi dolzarb vazifalardan biridir. Xuddi shu maqsadda Vazirlar mahkamasining Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 150 sonli va Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi 415 qarorlari alohida ahamiyatga ega. Gidrotexnika ishlarini bajarish gidrotexnik inshootlari qurilish va ularni ta’mirlash bilan uzviy bog‘liq. O‘zbekistonda yirik gidrotexnik inshootlar qurilishi amalga oshirilgan. Qayraqqum suv ombori, Farhod GES, Bozsuv kanalidagi GES lar, O‘qchi GES, Andijon, CHorvoq, Kattaqo‘rg‘on va boshqa suv ombori va ulardagi inshootlar kompleksini misol keltirish mumkin. Gidrotexnika inshootlari umumiy qurilish ishlaridan o‘zining xususiyatlari bilan farqlanadi. Gidrotexnik inshootlar asosan aholi yashash joylaridan olisda, tabiiy va xo‘jalik sharoiti murakkab hududlarda bajariladi.
Gidrotexnika inshootlari iborasida asosan suv xo‘jaligidagi yirik inshootlar tushiniladi. Inshootlar bahosini hosil bo‘lishida asosan qo‘yidagi tur harajatlar ishtirok etadi: loyixa ishlari qurilish materiallari, mashina- mexanizmlar va asbob uskunalar hamda ularning harajatlari, ish haqi va ustama harajatlar.



Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling