O`zbekistonda hakamlik sudlarini tashkil etish zarurati nimalarda ko`rinadi?


Bu haqda moddiy va protsessual kodekslarda qanday ko`rsatmalar mavjud?


Download 24.82 Kb.
bet5/9
Sana02.01.2022
Hajmi24.82 Kb.
#191487
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
muxlisichkA FPK

Bu haqda moddiy va protsessual kodekslarda qanday ko`rsatmalar mavjud?

Hakamlik sudiga oid normalar qonunchilikning bir qator moddiy va protsessual hujjatlarida belgilab qo`yilgan. Bular quyidagilardir:



  • Moddiy huquq normalarida:

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasida fuqarolarning o`z huquqlarini sud orqali himoya qilish huquqi mustahkamlangan bo`lib, unga ko`ra fuqarolar huquqlari fuqarolik, iqtisodiy va hakamlik sudlarida himoya qilinadi.

  • Protsessual huquq normalarida:

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 38-40-moddalarida hakamlik sudlari haqidagi qoidalar aks etgan.

Bundan tashqari, Iqtisodiy-protsessual kodeksda ham hakamlik sudiga doir ko`rsatmalar mavjud bo`lib, Kodeksning 28-moddasida hakamlik sudlari tomonidan ko`rilishi mumkin bo`lgan ishlar doirasi, 29-moddasida esa fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqib, yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, iqtisodiy sud hal qiluv qarori chiqarguniga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin ekanligi belgilangan.

Biroq fikrimcha, hakamlik sudiga doir ushbu huquq manbaalarida ko`rsatilgan ko`rsatmalar yetarli emas deb hisoblayman. Ushbu qonunlardagi hakamlik sudiga doir bo`shliqlarni 9 bob va 59 moddadan iborat bo`lgan “Hakamlik sudlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni to`ldiradi. Qonunda hakamlik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar, ularning vakolat doirasi, hakamlik sudi sudyalariga qo`yilgan talablar, hakamlik sudi xarakatlari haqidagi tartiblar, haklamlik muhokamasi tartibi, hakamlik sudi hujjatlari, hakamlik sudi hal qiluv qarori ijrosiga doir va yana bir qator qoidalar belgilangan.

Xulosa: fikrimcha, ushbu Qonunnig yuqoridagi huquq normalardan xususiyatli jihati shundaki, yuqoridagi kodekslarda odil sudlovni amalga oshiruvchi sudlar hakamlik sudining faqat o`z faoliyatiga doir qisminigina tartibga soluvchi normalarni ifodalasa, “Hakamlik sudlari to`g`risida”gi Qonun hakamlik sudlariga oid maxsus norma hisoblanadi va o`zida sud tartibini deyarli to`liq aks ettiradi.


Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling