O`zbekistonda hozirgi davrda soliqqa tortish tamoyillari va ularning amal qilishi


Download 32.24 Kb.
bet3/4
Sana22.11.2021
Hajmi32.24 Kb.
#176641
1   2   3   4
Bog'liq
dilnozga

Tarixi. Soliqning kelib chiqish davlatning paydo bo`lishi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqni joriy etilgani to`g`risida ma’lumotlar uchraydi. Hozirgi davlatlar ham davlat bajaradigan vazifalarni mablag` bilan ta’minlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi.

Undirish usuliga ko`ra, to`g`ri va egri soliqlarga bo`linadi. To`g`ri soliq molmulk daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq to`lovchi tomonidan oraliq vositalarsiz to`lanadi. Keng tarqalgan turlari: qo`shilgan qiymat solig`i, daromad solig`i, me’ros hamda hadya solig`i, Tovar aylanmasi solig`i, eksporimport solig`i va yana boshqalar. Egri soliq (aksizlar) tovar (xizmatlar)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish mo`ljallangan va keyinchalik tovarlar iste’molchilarga yuklanadigan soliqlar. Davlat tuzimi xususiyatlariga ko`ra, soliq tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (ma’muriy –hududiy birliklar) soliq va yig`imlardan tashkil topadi.

O`zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, uni to`lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan va 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O`zbekiston Respublikasida Soliq kodeksi bilan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat solig`i: yuridik shaxslardan olinadiigan daromad (foyda) solig`i; jismoniy shaxlardan olinadigan daromad solig`i; qo`shilgan qiymat solig`i; aksiz solig`i; yer osti boyliklardan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya solig`i; suv resurslardan foydalanilganlik uchun soliq. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo`yicha tegishli budjetlar o`rtasida taqsimlanadi. Mahalliy soliq va yig`imlar- mol-mulk solig`i; yer solig`i; reklama solig`i, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i, savdosotiq huquqi uchun yig`im, obodonchilik ishlari uchun yigimlar mahalliy budjetga o`tkaziladi.

Davlat tomonidan undirilgan soliq budjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq to`lovchilarga sog`liqni saqlash maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, huquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlarini orkli bilvosita yo`llar ilan qaytariladi.

O`zbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar “ Soliq to`lovchining jurnali ” da (1995 yildan o`zbek va rus tillarida chiqariladi) yoritiladi.

Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinishshakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil etadi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:



  1. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish ( fiksal vazifasi)

  2. Ijtimoiy tanglikni yumshatish ( ijtimoiy vazifasi)

  3. Iqtisodiyotni tartibga solish ( tartibga solish vazifasi)

Davlat saflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o`sishi o`z navbatida soliqlarning o`sishini taqazo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo`lgan davlatlar sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o`sib borishini quyidagi omillar taqazo qiladi.

  • Aholining soni o`sishi.

  • Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.

  • Atrof-muhitning ifloslanishi.

  • Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturini amalga oshirish.

  • Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o`sishi.

Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • Barcha daromadlarda, uning manbalariga bog`liq bo`lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;

  • Soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;

  • Samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo`jalik yuritishning ilg`or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag`batlantiruvchi rolini ta’minlash;

  • Soliq to`lovi bo`yicha barcha sub’yektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.


Download 32.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling