O‘zbekiston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “


Download 57.08 Kb.
bet1/7
Sana30.10.2023
Hajmi57.08 Kb.
#1734458
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xasanova Muxlisaxon kurs ishi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


Maktabgacha (sirtqi) ta’lim yo’nalishi


01/21 guruh talabasi
XASANOVA (ISMOILOVA) MUXLISAXON SHUXRAT qizining
O‘zbekiston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “
mavzusida
Maktabgacha pedagogika” fanidan yozgan

KURS ISHI


Ilmiy rahbar: D. G’ANIYEVA.
Maktabgacha ta’lim nazariyasi
va metodikas kafedrasi
o’qituvchisi.
QO’QON-2023
Mundarija


KIRISH…………………………………………………….............................……....3
I.Bob. Maktabagcga ta’lim tizimining vujudga kelishi va olib borilayotgan islohotlar…………………………………………………………………..……….....5
1.1 O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining vujudga kelishu va tarqalishi……………………………………………………..…………………..…...5
1.2 Maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar………………...…8
II.Bob. O’zbekistonda maktabacha ta’lim tizimini takomillashtirishning chora tadbirlari…………………………………………………………………………….11
2.1 Maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishi va taraqqiyot bosqichlari……..…...11
2.2 Qabul qilingan qaror va qonun natijalari……………………………….........14
Ilovalar………………………………………………………………………………18
Xulosa…………………………………………………………………………..…...19
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...….20




KIRISH

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.


Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq keng ko’lamli ishlar amalga oshirilishi katta bir maqsad sifatida qo’yilgan.
Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim deb takidlaydi muhtaram prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev.

Download 57.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling