O‘zbekiston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “
Qabul qilingan qaror va qonun natijalari
Download 57.08 Kb.
|
Xasanova Muxlisaxon kurs ishi
2.2 Qabul qilingan qaror va qonun natijalari
Maktabgacha ta'lim sohasi har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tartiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, ta’lim shuni ko'rsatdiki, oxirgi yillarda turli omilllar ta'sirida maktabgacha ta'lim tizimida bolalami maktab ta'limiga tayyorlash borasida rivojlanish o'miga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish ko’rsatkichlari o'sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so'nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllaming ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlaming talribasi yetarii darajada o'rganilmaganligi, faoliyat yrritayotgan pedagog kadrlrning aksariyati oliy ma'lumotli emasligi, ta'lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo'ldi. Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", - deb ta'kidlagan edi. Darhaqiqat, o'tgan qisqa vaqt mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takorillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dasturi hamda Respublikada maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» asosida misli ko'rilmagan ishlar amalga oshirildi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar-yaxshilik, ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shunday ekan, biz oiladan boshlab bolalarga Vatan oldidagi burchi, ota-ona oldidagi vazifasi, odamiylik fazilatlarini o`rgatishni e`tiborga olsak, aynan shu davrda bola qalbida va ongida oiladagi va maktagacha ta`lim tashkilotidagi muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk kurtaklari paydo bo’lib, rivoj topib, shakllanib o’z mevasini bera boshlaydi. Ta`limning poydevori qo`yiladigan dastlabki bo`g`ini hisoblanmish, maktabgacha ta`limda bolani sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta`minlanadi, bolada o`qishga intilish hissi uyg`onadi, uni muntazam ta`lim olishga, o’zi mustaqil fikrlashga va bayon eta olishga tayyorgarlik jarayoni amalga oshiriladi. MTT tarbiyalanuvchilarining ongida g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo`shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo`lidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish, maktabagacha ta`lim tashkilotlarida tashkil etilayotgan ta`lim-tarbiya jarayonlarining barcha jabhalarini qamrab olishi zarur bo`lib, mazkur jarayonda o`rganilayotgan tushunchalarga nisbatan tarbiyalanuvchining qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda ularning faolligini oshirishni ta`minlash aynan biz pedagoglarning zimmamizdagi muhim vazifa va ma’suliyat hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, Ta`lim O`zbekiston xalqi uchun yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, uning qobiliyati uzluksiz rivojlanadi, kattalar tajribasidan oziqlanib voyaga yetadi. Pedagogning bilimi, mahorati qizg`in mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi hislatlarini va ma`naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Aynan bugun tarbiyachi-pedagoglaning mustaqil izlanishi va o`z ustida tinimsiz ishlashi mehnat qilishi kechiktirib bo`lmaydigan talablardan biri ekanligi biz uchun a`yon. Har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarga tarbiyaviy ta`sir o`tkazish natijasida o`z vaqtida o`zini anglash hissi vujudga keladi. Bolada o`zini anglash tuyg`usi qancha erta uyg`onsa, uning barcha aqliy, ruhiy, ijtimoiy imkoniyatlarini baholash va his etish tez namoyon bo`ladi. Har qaysi davrda bola rivojlanishining o`ziga xos qulay holatidan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bolalarning asosiy faoliyati o`yin hisoblanishini inobatga olgan holda biz ta`lim-tarbiya jarayonini albatta o`yin tarzida tashkil etmog`imiz zarur. O`yinning har qaysi turi bolalar dunyoqarashini tubdan o`zgartiradi va ularni fikrlashga chorlaydi. Ularni mashg`ulotda olgan bilimlarini real holatda o`z shaxsiy tajribasiga tayanib amaliyotda qo`llashlari uchun imkoniyat yaratadi, ularda bilish jarayonlari faoliyati tezlashuvini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borib bolalar faoliyatini kuzatish jarayonimizda tajribalarimiz shuni ko`rsatdiki, biz o`yinlarni olib borishda quyidagi talablarga rioya qilishimiz va amalda qo’llay olishimiz zarurligini ham unitmasligimiz zarur: 1. Tanlangan o`yinlar tarbiyalanuvchilar yosh va individual xususiyatlariga mos kelishi. 2. Har bir o’yin pedagogig-psixologik jihatdan asoslangan bo`lishi. 3. Bir xil va bir-biriga o’xshash o`yinlarni ko`p marotaba takrorlamaslik. 4. O`yinning ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi jihatlariga e`tibor qaratish. 5. O`yin jarayonida faol ishtirok etgan bolalarni rag`batlantirish. Xulosa sifatida shuni aytishimiz joizki, 2016-yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021-yillarda Maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida» gi qarori hamda, maktabgacha ta`lim tashkilotsi faoliyatini tartibga solish uchun bevosita xizmat qiluvchi «Ilk qadam» Dasturi qabul qilindi. Mazkur hujjatlar uzluksiz ta`lim tizimining ilk bo`g`inini yanada takomillashtirish va yangi bosqichga ko`tarishga, bolalarimizni sog`lom va barkamol bo`lib voyaga yetishlari uchun xizmat qiladi. Yuqorida aytib o`tilgan fikrlarimizdan ham ko`rininb turibdiki, bu faoliyat bizni o`z vazifa va maqsadlarimizga erishish uchun jiddiy yondashishga undaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Konsepsiyaning asosiy yo'nalishlaridan biridir. Mazkur tizimda innovatsiyalami, ilg'or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kompyuterlar bilan ta'minlash, internet tarmog'iga ulanishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'limda tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada takomillashtirish mavzusida tuman, shahar, Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan o'quv-seminarlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda "OPEN EMIS" tizimidagi xato kamchiliklami tuzatish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berilmoqda. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi-tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi. Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi-o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Zero, O`zbekiston kelajagi biz tarbiyalayotgan yosh avlodning yuksak kamoloti, aql-u zakovatiga bog`liq. Download 57.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling