O‘zbekiston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “
Download 57.08 Kb.
|
Xasanova Muxlisaxon kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari
- Muammoni o`rganilganlik darajasi
- I.BOB. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining vujudga kelishi va olib borilayotgan islohotlar.
Mavzuning dolzarbligi.
Ushbu kurs ishida maktabgacha ta’lim tizimiga bog’liq bo‘lgan har xil muammolar va ulrning yechimlari keltirilgan. Maktabgacha ta’lim tizimiga oid kamchiliklarni hal qilish o‘ziga xos xususiyatgalarga ega bo‘lib, ushbu kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar asosan Prezidentimizning qaror va qonunlaridan tanlab olingan. Shuning uchun kurs ishi maktabgacha ta’lim o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan. Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Mamlakatimizda noyob, uzluksiz ta`lim tizimi sharoitda zamonaviy, teran fikrlaydigan intellektual va madaniy-estetik qadriyatlarga o`zining mukammal bilimi va tajribasi nuqtai nazaridan yondasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalash. Muammoni o`rganilganlik darajasi. Kurs ishida O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi tarixi, tarqalishi, rivojlanish bosqichlari, qabul qilinayotgan farmonlar, qonunlar, olib borilayotgan islohotlar va ularning amaliyotda qo’llanilayotganligi keltirilgan. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi 2 ta bob, 4 ta reja, ilova, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan ro’yxatidan iborat. Ishning xulosa qismida maktabgacha ta’lim tizimining inson hayotidagi muhim o‘rni va o’sib kelayotgan barkamol avlodni har tomonlama mukammal shaxs sifatida voyaga yetkazish usullari berilgan. I.BOB. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining vujudga kelishi va olib borilayotgan islohotlar. O’zbekistonda maktabgacha ta`limning vujudga kelishi va tarqalishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn Sino merosida yoritilganini koʻrishimiz mumkin. Beruniy ota –onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli oʻyinlar uyushtirishlari, ular bilan oʻzaro suhbatlar oʻtkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish toʻgʻrisidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik gʻoyasi yotadi. U har bir ota –ona oʻz farzandlariga ana shu gʻoyani singdirishi zarur degan xulosaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini muhim uyushtirish, ularni vaqtdan toʻgʻri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar oʻz farzandlariga oqtirishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari boʻyicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir almanozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga oʻrgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya tashkilotlari bo’lmagan. Biroq 1919-yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarni himoyalash kengashi” tuzildi. Bu davrda bolalarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar hamda yasli maktabgacha ta’lim tashkilotlari, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan. Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918-yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti qilindi. 1919-yilda esa Samarqandda 2-bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926-yilga kelib maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (jami 40 ta ) 2000 ga yaqin bolalar bo’lgan. Bu respublikaning maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarning 36.4% idir. Maktabgacha tarbiya ishchilari malakasini oshirishga qaratilgan maktabgacha tarbiya dasturining chiqarilishi muvaffaqiyat bo’ldi. 1927-yilda boshlangan ayollarning hujum harakati munosabati bilan bolalarning “Bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti”ga berish hollari yanada ko’paydi. Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar yordamida ishlayotgan ayollarga yana bir yordamchi tashkilot “Yozgi sog’lomlashtirish maydoncha” lari ta’sis etildi. XX asr 30-yillarning maktabgacha tarbiya dasturlarida bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotilarining tozalik va metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu tekshirishlar natijalariga natijalariga ko’ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, asbob- uskunalar bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amal qilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan. Qishloqlardagi bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotilari va maydonchalari maktabgacha tarbiya masalalariga nisbatan bo’lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga, katta to’siqlarga, turli xil kamsitishlarga duchor bo’lgan. 1930-yilda O‘zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan maktabgacha tarbiya pedagogik maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko‘rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo‘yicha musobaqa ham o‘tkazilgan. Pedagogik maslahat beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya masalalari bo’yicha maslahat berish o’zaro chambarchars birlashtirilgan. 1933-1934 yillarda sanab o’tilgan harakatlar natijasida O’zbekistonda 3840 ta kolxoz maydonchalari bo’lib, unda 127ming bolalar qatnashgan. 1933-yil bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yili sifatida muhrlandi. Rusiy zabon bolalar maltabgacha ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan. Maktabgacha tarbiya birlashmalarning metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. Respublika maktabgacha tarbiya xonasi shunaqa markaz vazifasini bajargan. Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng kata to’siqlardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo’lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 70-yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogik o’quv yurtlari zimmasiga qo’shildi. 1930-yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogik o’quv yurti 1936-yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi. Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari ochilgan. Maktab yoshiga yetmagan bolalarga ta’lim- tarbiya berilgan va ularda 36710 ta bola bo’lgan. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo’lib ularda 152000 bola bore di. Shu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” nomli maktabgacha tarbiya tashkilotlari ham tuzilgan. Download 57.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling