O‘zbekistonda ilk o‘rta asrlar davlatchiligi tarixi


Download 29.21 Kb.
bet4/7
Sana04.04.2023
Hajmi29.21 Kb.
#1328457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
birinchi ma\'ruza (1)

So‘g‘d davlati. V—VII asrlarda bu mayda ilk feodal davlatlar, avval eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligaga bo‘ysundirilgan bo‘lsa-da, ammo eftaliylar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Markaziy xokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladilar. Bu davlatlarning xukmdorlari o‘z atrofidagi mulkdor zodagon dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar. Chunki ular o‘zaro bir-birlari bilan dushmanlik kayfiyatida bo‘lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho‘chigan holda yashar edilar.Ular orasida eng yirigi So‘g‘dning ilk feodal davlatlari konfederatsiyasi edi. Bu ittifoqqa Zarafshon va Kashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Maymurg‘, Ishtixon, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o‘z xokimiga va harbiy chokarlariga ega edi. Ularning ko‘pchiligi Samarqand ixshidiga tobe bo‘lsa-da, ammo Bu­xoro, Kesh va Naxshoblar deyarli mustaqil edi. Xatto ular o‘z tanga pullarini zarb qilardilar. VII asr birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, qudratli davlatga aylanib boradi. VII asr o‘rtalarida Kesh xukmdori - ixshid IIIishpir butun So‘g‘dda xukmronlikni qo‘lga kiritadi. U o‘z nomidan tangalar zarb ettiradi va Xitoy bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatadi. VI asr ikkinchi yarimida Keshda Axurpat xukmronlik qilgan vaqtda Kesh va Samarqand o‘rtasida kurashlar kuchayib ketadi va Samarqand xukmronlikni qaytarib oladi. Endilikda Kesh ixshidi Samarqand ixshidiga tobe bo‘lib qoladi va unga ixrid unvoni beriladi. Bu vaqtda Samarqand hokimi Varxuman bo‘lgan. So‘g‘diyonaning mahalliy hokimlari Choch va Xorazmning mustaqil hokimlari bilan birlashgan edilar. Yirik siyosiy birliklar ma’lum muddatlarda shaxarlardan birida o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar.
Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruxiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Unda o‘tkaziladigan har yilgi diniy marosimlarda viloyat xukmdorlarining barchasi qatnashardi. Yozma va arxeologik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, So‘g‘d xukmdorlari O‘rta Osiyo va chet el davlatlari bilan elchilik aloqalari olib borardilar. Masalan, Afrosiyobda ochilgan devoriy rasmlarda So‘g‘d xokimi Varxumaning Chag‘oniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi.
So‘g‘diyona xududlari xozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan xududlardan iborat bo‘lgan. Bu vaqtda Buxoro mustaqil davlat sifatida ajralib chiqdi va
Download 29.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling