“O‘zbekistonda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman axborot xati


Download 397.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi397.71 Kb.
#1702678
1   2   3
Bog'liq
АндМИ АХБОРОТ ХАТИ (узб) 2023

2-seksiya. Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar yo‘nalishlari (
https://t.me/+ZgfHjHLlp1YzM2Ey
). 
3-seksiya. Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari (
https://t.me/+pUIXDyEaOPY3ODhi
). 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashishga xorijiy davlatlar va respublikamiz 
professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim va izlanuvchilari hamda OTMlar iqtidorli 
talabalari va magistrantlari taklif etiladi. Dastur va materiallar to‘plami anjuman boshlangunga 
qadar chop etiladi. Anjuman materiallari to‘plamiga UDK, BBK, kutubxona indeksidagi kitob 
raqami beriladi.
Anjumanda ishtirok etish uchun ilmiy maqolalar 2023 yilning 30-sentyabr kun yakuniga 
qadar qabul qilinadi. 
 
Taqdim etiladigan tezis va anjuman materiallarini rasmiylashtirishga talablar: 
 
1. Tezislar elektron pochta orqali yuborilishi lozim (Word formatida fayl – birinchi 
muallifning familiyasi, masalan: «nabiyev.doc»). Anjuman qatnashchisining talabnomasi 
(zayavka)ni taqdim etish majburiy hisoblanadi. Tezis, talabnoma (zayavka) hamda to‘lov 
qilinganlik qog‘ozi bitta zip faylda yuborilishi kerak.
Taqdim etilayotgan material Times New Roman tahririda 14-shriftda to‘liq 3 bet bo‘lgan 
xajmda A4 formatda rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning xoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan – 2,5 sm, 
o‘ngdan - 2,0 sm, yuqoridan – 2,5 sm va pastdan – 2 sm. Satr boshi uchun 1,0 sm qoldiriladi. Matn 
eni bo‘yicha tekislangan (po shirine) bo‘lishi kerak. Qatorlar orasida 1,5 interval. 
Maqolaning nomi markazga qoraytirilgan shrift bilan yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib 
yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning ostiga 
qator qoldirmasdan kichik xarflarda tashkilotning to‘liq nomi, shahri, davlati yoziladi. Keyingi 
qator o‘tkazib yuboriladi va keyingi qatordan maqolaning matni yoziladi. 
Manbalarga havolalar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang). 
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz. 
Tashkiliy qo‘mita tomonidan materialni olgandan so‘ng, uch kun ichida muallifning elektron 
pochtasiga tasdiqlovchi xat yuboriladi. 


https://andmiedu.uz/ 
https://andmiedu.uz/
 
https://www.facebook.com/Andmbi 
2. Anjumanning tashkiliy badali va materiallar to‘plamining nashr xarajatlari bir tezis uchun 
70000 so‘m deb belgilangan.
3. Bitta ishtirokchi ko‘pi bilan 2 ta tezis taqdim etishi mumkin.

Download 397.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling